Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonaga avtomobillar kirishi pullik bo‘ladi
Ostona shahri yo‘l tarmog‘iga yuklamani kamaytirish maqsadida, ayni damda shaharga avtomobillarni pullik asosda kiritish loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda 26 sentabr, seshanba kuni shahar majlisining navbatdagi sessiyasida Ostona shahri hokimi birinchi o‘rinbosari Sergey Xoroshun ma'lum qildi.
Pullik kirishni faqat ertalabki tirbandlik soatlarida tashkil etish rejalashtirilgan, mashinalar soni nisbatan kam bo‘lgan paytda har qanday transport uchun safar to‘liq bepul bo‘ladi, deb yozmoqda Forbes Kazakhstan.
«O‘tkazilgan tadqiqot va poytaxtga qizg‘in soatlarda transport kirishi holatining kompleks tahlili shuni ko‘rsatdiki, ertalabki soat 7dan soat 9ga qadar transport vositasi turiga qarab pullik kirishni joriy etish transportlar harakati oqimining o‘rtacha tezligini 15-20 foizga oshiradi. Ushbu loyihani davlat-xususiy sheriklik doirasida amalga oshirish mo‘ljallangan», - deb izohladi Xoroshun.
Uning ta'kidlashicha, pullik kirishni faqat ertalabki shoshilinch soatlarda tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, boshqa paytlarda istalgan transport uchun kirish mutlaqo bepul bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:25 / 14.05.2026
Dunyoda qaysi avtomobil brendlari yetakchilik qilmoqda?
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
19:52 / 21.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi boshlandi
19:12 / 05.03.2026