O‘zbekiston | 07:53 / 27.09.2018
16760
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” boshqaruvi raisining o‘rinbosari tasdiqlandi 

O‘tkir Nazirovich Tursunqulov “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish sohasida bozor talablarini tadqiq etish, uni rivojlantirish istiqbolini belgilash Aktsiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

1994 yilning 7 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining PF-982 sonli farmoni asosida, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo‘l transporti tarmoq qismlarning, korxona, tashkilot va muassasalari tarkibida «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat-aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi tashkil etilgan.

2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori bilan belgilangan va Vazirlar Mahkamasining temir yo‘l transportini isloh qilish bo‘yicha Davlat dasturiga muvofiq, «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat unitar korxonasi 100% davlat ulushi bo‘lgan ochiq aksiyadorlik jamiyatga aylantirildi.

Ayni damda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatov hisoblanadi.

Mavzuga oid