Jahon | 22:04 / 27.09.2018
9324
1 daqiqa o‘qiladi

Vetnam prezidenti dafn etildi  

Vetnamning sobiq prezidenti, 21 sentabrda hayotdan ko‘z yumgan Chan Day Kuang poytaxt Xanoydan 90 km janubda joylashgan Ninbin viloyatida dafn etildi.

Dafn marosimi Kuang tug‘ilib-o‘sgan Kimshon uyezdidagi Kuangtxiyen jamoasida harbiy ehtirom bilan o‘tgan. Undan avval marhum prezident bilan milliy mudofaa vazirligi motam zalida vidolashuv bo‘lib o‘tgan.

Xanoyda minglab odamlar milliy bayroq bilan yopilgan prezident tobutini kuzatib qolgan. Shundan keyin tobut Ninbinga yetkazilgan.

Chan Day Kuang qon saratonining kam uchrovchi turi bilan og‘ir kurashdan keyin 62 yoshida vafot etdi. Uning o‘rniga vitse-prezident Dang Txi Ngok Txin vaqtinchalik tayinlangan. Yangi prezident milliy yig‘in a'zolari tomonidan saylanadi.

Mavzuga oid