Öz davrida turli davlatlarni boşqargan ayrim odamlar bugun şohona hayot keçirayotgan bölsa ham, yurtiga borolmaydi. Dunyoda bundaylar ança. Qirğizistonning sobiq rahbarlari Askar Akayev va Qurmanbek Bakiyev, Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukoviç şular jumlasidan. Yaqinda ular safiga Suriyaning sobiqqa aylangan prezidenti Başar Asad ham qöşildi.

2024 yil noyabr oyi oxiri va dekabr oyi boşlarida Suriyada prezident Başar Asad boşqaruviga qarşi isyonçi kuçlar faollaşdi va birin-ketin mamlakatning yirik şaharlarini egallay boşladi.

Qarşilik harakati vakillari mamlakat poytaxti Damaşq şahriga yaqinlaşganda Başar Asad poytaxtni tark etdi. Suriyada hokimiyat qarşilik harakati ixtiyoriga ötdi.

Avvaliga Asad ötirgan samolyot halokatga uçragan bölişi mumkinligi aytildi. Söng u Moskvaga qoçgani oydinlaşdi. Asadgaça Rossiya poytaxtidan Qirğiziston va Ukrainaning sobiq rahbarlari Askar Akayev va Viktor Yanukoviç ham panoh topgandi.

Quyida 20-asrning ikkinçi yarmidan hozirgaça bölgan davrda hokimiyatdan ayrilib, boşqa davlatlarga qoçgan  ayrim rahbarlar haqida hikoya qilamiz.

Askar Akayev, Qirğiziston prezidenti

Askar Akayev, Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev Qozoğistonda
stock.adobe.com

1944 yilda tuğilgan Askar Akayev Qirğizistonni 1991 yil 31 avgustdan 2005 yil 11 aprelgaça boşqargan. 1990 yilda Qirğiziston Fanlar akademiyasi prezidenti bölib turgan Akayev KPSS markaziy qömitasi a’zosi bölib saylanadi.

Sobiq ittifoq respublikalarida prezidentlik lavozimi joriy etilgaç, u 1990 yil kuzda Qirğiziston SSRning birinçi prezidenti böladi.

1991 yil 31 avgustda Qirğiziston mustaqil bölgaç, öşa yili oktyabrda prezidentlik saylovi ötkaziladi. Unda ğalaba qozongan Akayev mamlakat rahbari bölib qolaveradi. 1995 va 2000 yillarda ötkazilgan saylovlarda Akayev yana ğalaba qozonadi va Qirğizistonni boşqarişda davom etadi.

2005 yil martda Qirğizistonda “Lola inqilobi” hodisalari boşlanadi va çorasiz qolgan Akayev Moskvaga qoçişga majbur böladi. Öşanda Qirğiziston Boş prokuraturasi Akayev va uning oila a’zolariga nisbatan jinoyat işlari qözğatadi.