Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalar joriy etishga tayyor
Foto: Tatyana Makeyeva/Reuters
AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Jyeyms Jyeffri so‘zlariga ko‘ra, Vashington Suriya Arab Respublikasiga nisbatan «qattiq» sanksiyalar joriy etishga tayyor turibdi. Bu agarda ushbu mamlakat hukumati yangi konstitutsiyani yaratish bo‘yicha loyiha ustida ishlashdan voz kechgan taqdirda, ro‘y beradi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar BMT Xavfsizlik kengashini chetlab o‘tgan holda ushbu sanksiyalarni joriy qilishga tayyor.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Vashington Osiyo va Yevroittifoqdagi o‘z ittifoqchilar yordamida ham Suriya Arab Respublikasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llashi mumkin.
Jyeffrining ta'kidlashicha, AQSh Suriya hukumati «juda qiyin holatga tushib qolishini» xohlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yetti davlat BMTga Suriya bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqandi.
AQSh boshchiligida, yettita davlat TIV rahbarlari BMT bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Misturani tez vaqt ichida Suriya konstitutsiyasini ishlab chiqish borasida qo‘mita yig‘ilishini tashkil etish masalasiga oid chaqiriq bilan chiqishdi.
Mavzuga oid
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
11:29 / 08.05.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi ro‘y berdi
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:24 / 07.05.2026