Sport | 09:57 / 29.09.2018
4406
2 daqiqa o‘qiladi

Bundesliga. «Bavariya» mavsumdagi ilk mag‘lubiyati bilan yakkapeshqadamlikni boy berdi

Foto: AFP

Bundesliganing 6-turi sensatsion natija bilan boshlandi.

Turning ilk uchrashuvida amaldagi chempion «Bavariya» «Herta» maydoniga safar uyushtirib, birinchi bo‘limda o‘tkazib yuborilgan ikki gol hisobiga mag‘lubiyatga uchradi. Bu myunxenliklarning mavsumdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.

Shu tariqa, «Herta» ochkolar hisobi bo‘yicha «Bavariya»ga yetib oldi – har ikkala klub hisobida 13 ochkodan bor. Endilikda 11 ochko bilan 3-4-o‘rinlarda borayotgan Dortmundning «Borussiya» va Bremenning «Verder» jamoalarida yetakchiga aylanib olish imkoni paydo bo‘ldi. Shuningdek, 5-o‘rindagi «Borussiya M» ham (10 ochko sohibi) yetakchilarga yetib olish imkoniga ega.

Yuqorida nomi qayd etib o‘tilgan barcha jamoalar o‘z o‘yinlarini bugun o‘tkazishadi.

Germaniya chempionati
6-tur
Herta – Bavariya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 23, penalti Ibishevich, 2:0 – 44 Duda.
Herta – Kraft, Lazaro, Shtark, Rekik, Mittelshtedt, Shelbred, Mayyer, Kalu (Lekki, 71), Duda, Dilrosun (Yastshembski, 90), Ibishevich (Zelke, 53).
Bavariya – Noyyer, Kimmix, Zyule, Boateng, Alaba, Alkantara, Robben (Myuller, 52), Xames (Vagner, 72), Sanshesh (Gnabri, 63), Riberi, Levandovski.

29 sentabr 
18:30. Shalke – Maynts
18:30. Xoffenxaym – RB Leyptsig
18:30. Shtutgart – Verder
18:30. Volfsburg – Borussiya M
18:30. Nyurnberg – Fortuna
21:30. Bayyer – Borussiya D

30 sentabr 
18:30. Ayntraxt F – Hannover
21:00. Augsburg – Frayburg

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid