Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni qiroli Tramp bilan neft bozori barqarorligini muhokama qildi
Foto: Twitter
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol-Saud AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali Eronga qarshi sanksiyalar ortida uglevodorodlar bozorini barqarorlashtirish bo‘yicha sa'y-harakatlarni muhokama qildi. Bu haqda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, muloqot davomida gap “neft bozori barqarorligi va jahon iqtisodiyoti o‘sishini kafolatlash uchun eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa'y-harakatlar” haqida borgan.
Xabarda ta'kidlanishicha, qirol Tramp bilan ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlik ortida munosabatlarni rivojlantirish, mintaqa va dunyodagi hodisalar rivojini muhokama qilgan.
OPeK+ a'zolari bir hafta oldin Jazoirda o‘tgan uchrashuv natijalariga ko‘ra AQSh sanksiyalari sababli Erondan neft eksporti qisqarishini qoplash uchun ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha hech qanday aniq rejalar e'lon qilishmadi. AQSh esa Erondan neft eksportining 5 noyabrdan to‘liq to‘xtatilishiga erishmoqchi.
Mavzuga oid
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
11:29 / 08.05.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi ro‘y berdi
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:24 / 07.05.2026