Toşkentda şahar hokimi v.b va senator Jahongir Ortiqxöjayev boşçiligida obodonçilik va quriliş işlari olib borilmoqda. Ayni vaqtda Şayxontohur tumani Sebzor dahasi «Janggoh» mahallasida ham quriliş uçun buziliş işlari boşlab yuborilgan. Bu işlar qonun doirasida amalga oşirilmoqdami yoki uning aksimi, şuni örganiş maqsadida ijodiy jamoamiz bilan uşbu mahallaga bordik.

Avvaliga Toşkent şahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxöjayev bilan suhbatlaşdik. Ular aholiga bir neça oy avval buziliş haqida tuşuntiriş işlari amalga oşirilgani, ogohlantirişlar berilgani va hududda yaşovçi xonadonlarga bir neçtadan zamonaviy körinişda qurilgan kvartiralar berilayotganini ta'kidladi.
«Buzilişga hozirça 79 ta uy tuşgan. Ularda 370 nafar fuqarolar yaşaydi. Jami 240 ta kvartira ajratib berildi. Mana, tuni bilan dam oliş yöq. Ogohlantirişlarga qaramay, ba'zi oilalar hozirga qadar köçişga ulgurmagan. Ularga şahar hokimligi hisobidan yuk maşinalari berildi. Yuk maşinalari yangi uylariga fuqarolarning uy jihozlarini taşişlari uçun kömaklaşmoqda. Insonlarga maksimal darajada yordam körsatilmoqda. Ularning aksariyatiga barça şaroiti yetarli bölgan eng zamonaviy körinişdagi uylar taqdim qilinmoqda. Menimça, fuqarolarimiz rozi. Rozi bölmaganiga kerak bölsa, ozroq sabr qilsa, Yunusobod tumanidan tengma tengiga yer ajratib, uy ham qurib beramiz», — dedi şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev.
Şundan söng öşa joydan yaşab köçib ketayotgan insonlar bilan boğlandik.
— Ikkita öğil edik. Opam bor edi. Ular oilasi bilan ajraşgandi. Farzandlari bilan qaytib kelgandi. Mana, köçmoqdamiz. Hokimiyat öz yordamini ayamadi. Şahar hokimi qölidan kelgança kömaklaşmoqda, — deydi öşa yerda yaşayotgan yoş oila boquvçisi.
— Bizning uyimiz yer maydoni 6 sotix. Jami 11 ta inson yaşaydi. Bizga 3 ta kvartira berilmoqda. Biz hokimlikdan rozimiz. Avvalroq ogohlantiriş berilgan. Uyimda nogiron şaxs bor. Hozir hokimiyat köçayotgan uyimizgaça yetib olişimiz uçun maşina berdi, — deb ta'kidladi mahalliy aholi vakillaridan biri.
Kiçik 2 yoki 3 sotixli maydonga ega uylar uçun 3-4 xonali uylardan bir neçtadan berilmoqda. Bir ayolga jami 10 nafar oila a'zolari uçun 4 ta kvartira berildi.




















