2024 yilgi mavsum yakunida «Paxtakor» klubi raisi Jahongir Ortiqxöjayev OAV vakillari bilan matbuot anjumani uyuştirib, jamoaning bu yilgi natijasi, klubdagi voqealar, Maksim Şatskixning boş murabbiylikni tark etişi va jamoaning yangi boş murabbiyi Pedro Moreyra bilan 2025 yilda qanday rejalar qilinayotganini haqida ma’lumot berdi.

«Maqsadimiz çempionlik emasdi, umuman bu yil Toşkent klublari açinarli natija qayd etdi»

- Avvalambor, sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklaymiz. Yakunlanayotgan 2024 yilda «Paxtakor» uçun qiyin vaziyatlar böldi, kerakli örinni egallay olmadik. Buning uçun jamoa muxlislaridan uzr söraymiz. Lekin oçiq aytiş kerak, yil boşida çempionlik maqsadimiz yöq edi. Köproq yoşlarga imkoniyat berişni közlagandik. «Paxtakor» bir yillik emas, köp yillik jamoa. Şundan kelib çiqib, jamoaning ertasini öylab, uzoq yillik strategiya uçun yoşlarga işondik. Bu yil Superligada 6-örinni egalladik, bu natijani qoniqarsiz deb bölmaydi.

Özi umuman olganda, bu yil Toşkent klublarining natijalarini açinarli desa ham böladi. Mana, «Lokomotiv» ligadan tuşib ketdi, «Olimpik» oxirgi örinlarda, «Bunyodkor» turnir jadvalida qiyin şaroitda edi. Toşkent jamoalariga nima böldi, bilmadim-u, poytaxt klublari yilni köngildagidek ötkazmadi. Endi yangi boş murabbiy bilan davom etamiz. Yakunlangan mavsum uçun barçaga minnatdorçilik bildirib, hakamlarga ham rahmat aytamiz. Töğri, biroz qizişganda muxlislar ularni haqorat qiladi, ammo hakamlarga ham oson emas, ulardan buning uçun uzr sörayman.

«Paxtakor»ning faqat Özbekistonda emas, jahonda ham obröi bölişini xohlardim»

- Men istagan «Paxtakor» qanday bölişi kerak? Bilasizmi, biz «Paxtakor» bilan birga ulğaydik, yoşligimizdan jamoaning har bir öyiniga borardik. Jamoada öynaganlardan Mirjalol Qosimovni özbek futboli afsonasi deb bilaman, Igor Şkvirin öyinlarini ham kuzatganmiz. «Paxtakor» Osiyoda ilğor jamoalardan biri, dunyoda ham öziga yaraşa obrösi bor. Yevropaga borganimizda ham köpçilik «Paxtakor»ni bilişadi, jamoa öyinlarini kuzatişganini aytişadi. Kelajak haqida gapirsak, «Paxtakor» bir yillik çempion emas, öziga yaraşa kuçli, obro‘-e’tibori bölişini, Osiyodagi har qanday jamoa bilan tengma-teng, yelkama-yelka kuraş olib bora oladigan jamoa bölişini istayman. Barça harakatlarni şu maqsadda olib boryapmiz. Buni qila oliş mumkinmi? Ha. Faqat Özbekistonda emas, Osiyoda, jahonda ham obröi bölişini xohlardim.

Misol uçun, Marokaşni JÇ-2022dagi iştirokini kördik, Islandiyani öyinlarini aytiş mumkin. Xorvatiyani qanday yorib çiqqanini köriş mumkin. Klublar içidan ham Moldovaning kiçik «Şerif» klubi Yevropada sensatsiyalar qayd etganini kördik yoki «Şaxtyor» ham Yevropada öz obrösiga ega edi. Ulardan kam joyimiz yöq, men ham klub bilan şunga harakat qilamiz.

Yoahim Lyov bilan uçraşuv, stadion va Şatskixning keyingi taqdiri haqida

- Ha, Yoaxim Lyov bilan körişdik biz. Lekin bu uçraşuv uni murabbiylikka çaqiriş uçun emasdi. Oddiygina bir joyda ötirib, birga ovqatlanişga töğri kelib qoldi. Men borgan şaharga u ham borgan ekan. Şu xolos.

Stadion böyiça rejalar? «Paxtakor» stadionini bahordan ta’mirlaşni boşlaymiz, çimini esa hozirda FIFA standartlariga mos tarzda yangilaymiz. Xudo xohlasa, bahordan öz maydonimizda öynaşni boşlaymiz.

Maksim Şatskix nega iste’foga çiqarilmoqda? Avvalambor, unga öz minnatdorçiligimni bildiraman. Boş murabbiy sifatida 3 yil işladi. Ikki marta çempionlikni olib berdi, bu yil esa uning oldiga çempion bölamiz deb, vazifa qöymagandik. Çunki kuçli öyinçilarimizni boşqa jamoalarga qöyib yuborgandik. Biz asosan yoşlar bilan harakat qilib körmoqçi edik va kattalar 6-örinni olgan bölsa-da, qolgan yoş toifasidagi U18, U21 jamoalarimiz Özbekiston çempioni bölişdi. Maqsadimiz yoşlarga imkon beriş edi.

Maksim Şatskix iste’fo bergani yöq, ha faqat boş murabbiylikdan ketdi, u endi direktorlar kengaşida menga maslahatçi bölib yonimda böladi, yordam beradi. Buning uçun unga minnatdorçilik bildiraman. Ya’ni, u klubda qoldi, yangi murabbiyga ham kerak bölgan yordamini beradi. Şatskixdan yangi murabbiyga ötiş davrini yengiroq ötişiga yordam berişi kerak.

«Nasaf» haqli tarzda çempion böldi»

- Özi, aytinglar-çi, Özbekistonda 3 yil içida jamoasini ikki bor çempion qilib, keyin 6-örinni olgan murabbiy bormi? Tarixida bölganmi? Röziqul Berdiyevni hurmat qilaman, «Nasaf»ni neça yildan buyon boşqarayaptilar? 12 yil! Şunça yil içida birinçi bor şu yil çempion qildilar. U kişi bilan bir bor körişganman, juda hurmat qilaman, yaxşi odam. «Nasaf» haqli tarzda çempion böldi. Bungaça jamoaga kelgani bilan ikki bor çempion qilgan Arveladze bor edi, undan keyin bormi? Yöq, demak Şatskixdan minnatdor bölişimiz kerak.

Yangi murabbiyimiz Moreyra bilan «1+1» körinişida şartnoma tuzdik. Uning özi çempionlik uçun kuraşmoqçi. Şunga harakat qilamiz.

«Paxtakor»dagi sabotajlar haqida

- Moliyaviy masalalar haqida gapiradigan bölsam, «Paxtakor» bu borada heç kimning bir kunlik oyligini ham qoldirmay, tölab beradigan Özbekistondagi yagona jamoa bölsa kerak. Endi sabotaj haqida gapiradigan bölsam. Köp futbolçilarimiz çempion bölib çarçab ketgan, ya’ni bundan töygan. Ularni faqat keyingi yilgi şartnoma qiziqtiradi. Ular bilan şartnoma qilişni xohlamaymiz. Çunki ular maydonda bölsa ham, öyinda bor yöqligi sezilmaydi. Ötgan yili ham şunday holat yuz berdi va men turnir tugaşiga 10 tur qolganda yoşlardan Diyor Xolmatovni sardor qilib qöydim. Ular yoşi katta öyinçilarga dars bergandek bölişdi. Xohlardimki, öyinçilar faqat jamoaning puli emas, klubda öynaşni şaraf deb bilişsin. Faqat maoşni, moliyaviy masalani öylamaslik kerak. «Paxtakor»da öynaş – şaraf bölişi kerak. Moliyaviy masalada esa jamoada bir kun ham oylik maoşni keçiktirganimiz yöq.

«Paxtakor»ning 2024 yilgi xarajatlari 100 milliarddan oşdi, 2025 yilda budjetimiz yana oşadi»

- «Paxtakor» qaçon foyda olib keladi? Faqat Özbekiston klublari emas, dunyoda özi faqat 10-15 ta klub foyda keltirsa kerak. Ya’ni, Angliya, Ispaniya va yana qolgan çempionatlar yetakçi klublari. Juda köpi esa zararda.

Özi «Paxtakor»ni foyda keltirişi uçun emas, yoşlikdan şu klubga muxlis bölganimiz uçun yordam beryapmiz. Baribir, kimdir qilişi kerak-ku! Şu yerda ösdik, ulğaydik, kimdir qöllab-quvvatlaşi kerak. Bugun imkoniyatimiz bor yordam beryapmiz, imkoniyat bölmaganda, uzr, hozir qölimiz kaltalik qilyapti, deb aytamiz. Özbekistonda futboldan daromad kelişiga men işonmayman. Tadbirkor sifatida bunga işonmayman. Boşqa klublar ham bundan pul topolmasa kerak.

2024 yil «Paxtakor»ning smetasi taxminan 100 milliard sömdan oşdi. 2025 yilda smeta oşadi, çunki tez orada «Paxtakor» stadioni rekonstruksiyasi ham boşlanadi, taklif qilinadigan yangi öyinçilar bor.

«Çeran endi murabbiylikka öqisa yaxşi bölardi, u keyingi yilgi talabga javob bermaydi»

- Kamoliddin Tojiyev, Çeran va Sobirxöjayevlar körinmayapti? Ular ham ikki oyga ta’tilga çiqişgandi. Bilasiz, Dragan Çeran 38 yoşda, menimça, u murabbiylikka öqisa yaxşi bölardi. Keyingi yil Çeranni «Paxtakor»da körmayapmiz. Çerandan kuçli murabbiy çiqadi. Hamma obrösi borida tugatgani çiroyli, deb öylayman. Ertaga jarohat olib, qiyin vaziyatda tugatgandan köra şu yaxşiroq. Uni fidoyi inson deb bilaman. Çeran keyingi yilgi maqsadimizga mos emas.

Çeran bilan xayrlaşuv uçraşuvi? U hali heç qayerga ketayotgani, Özbekistondan ketayotgani yöq-ku! Qanday xayrlaşuv qiliş kerak? Muxlislar bilan? Özi öşa muxlisni özi yöq-ku, 500 kişi kelayaptimi yöqmi stadionga. Agar xayrlaşuvga talab bölsa, çiroyli taşkil qilib beramiz, gap yöq. Balki, unga boşqa klublarda ehtiyoj bordir, boşqa klubda öynar. Ammo Çeran «Paxtakor» qöyayotgan keyingi yilgi talablarga töğri kelmaydi. Futbolçi joyni band qildimi, 90 daqiqa yugurişi kerak. U hozir avvalgidek yugurmayapti, bizga mos emas.

Jamoani Pavel Pavlyuçenko, Kimi Merk va Dragan Çeran tark etadi. Iroqlik Başar Resan bilan kelişuvga erişdik. Boş murabbiy bilan maslahatlaşgan holda kuçaytiramiz.

«Yangi murabbiyning maoşini oçiqlay olmaymiz, natija qilib bersa böldi»

- Yangi murabbiy Pedro Moreyraning maoşi? Boş murabbiy şartnomasida maoşni e’lon qilmaslik bandi bor, şu bois buni oçiqlay olmaymiz. Qança bölsa ham öziga buyursin. Bizga yaxşi futbol namoyiş etib, natija qilib bersa böldi.

Yangi boş murabbiyning işiga aralaşmaymiz. Bunga heç kimning haqqi yöq. Uni özbeklaştirilib, bir haftadan keyin çoyxonadan çiqa olmaydigan bölib qolmaydigan qilmasligimiz kerak.

Toşkentga 4ta klub köp emasmi? Şaxsiy fikrimça, Toşkentga 4 ta klub köp, lekin bu masalada heç nima qila olmayman. Fikringiz töğri, ammo gapimni, iltimos, kesgan holda çiqarib yubormanglar. Qandaydir fitnaga aralaşib qolişni istamayman. Ammo fikringiz örinli – mening ham fikrimça, 4ta klub Toşkent uçun köp, - dedi Jahongir Ortiqxöjayev.