Portugaliyalik mutaxassis Pedro Moreyra Toşkentning «Paxtakor» klubida yangi boş murabbiy sifatida iş boşladi. Bu haqda klubning keyingi rejalari böyiça matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Tribuna.uz muxbiri xabar berişiça, yangi boş murabbiy bilan 1+1 sxemasida şartnoma imzolangan. Unga 4 nafar hamyurti assistentlik qiladi.

Anjumanda iştirok etgan klub raisi Jahongir Ortiqxöjayev sönggi mavsumlarda jamoaga ustozlik qilib kelgan Maksim Şatskix endi klub raisi maslahatçisi sifatida işlaşda davom etişini ma’lum qilgan.

«Şatskix klubdan ketgani yöq. Qatorasiga ikkita çempionlik uçun unga rahmat aytamiz. Bu mavsumda çempionlik maqsadi qöymagandik. U direktorlar kengaşida menga maslahatçi bölib qoladi. Yangi murabbiy bilan esa 1+1 körinişida şartnoma tuzdik va çempionlik vazifasini qöydik.

Yangi murabbiyning şartnomasida maoşi oçiqlanmasligi haqida band bor. Qança bölsa ham, halollab olsin. Yangi murabbiyning işiga heç kim aralaşmasligi kerak. Uni özbeklaştirib, 1 haftadan keyin çoyxonadan çiqmaydigan qilib qöymasligimiz kerak», degan u.

U jamoa töpurar hujumçisi Dragan Çeranga javob berilişini ma’lum qilgan. Uşbu 37 yoşli serbiyalik futbolçi jamoada 2018 yildan buyon töp surib kelayotgandi va 151 öyinda maydonga tuşib, 99 gol urgandi. 

«Çeranga maslahatim — faoliyatini yakunlab, murabbiylik qilsin. U 38 yoşda va bizning talablarimizga javob bermaydi, kelasi mavsum uçun rejalarimizda yöq. Çeraning muxlislar bilan xayrlaşuvi? Özi futbolga atigi 500 nafar muxlis keladi-yu», deydi klub raisi.

Şuningdek, Jahongir Ortiqxöjayevning aytişiça, kelgusi yil bahordan «Paxtakor» stadioni rekonstruksiyasi boşlanadi. FIFA standartlariga mos böladi.

Pedro Moreyra «klubning loyihasi unga ma’qul kelganini ta’kidlab, jamoaga yangi uslub va ğoyalar olib kirmoqçi ekanini ta’kidlagan.

«Ğoyalarim va falsafam Paxtakor bilan mos keldi. Har bir öyinda ğalaba qozoniş uçun mehnat qilamiz. Maqsadimiz — Elit OÇLga qaytiş. Jamoaga öz ğoyalarim bilan yordam berişni istayman. Maydonda hamma narsani öyinçilar hal qiladi. Albatta, çempionlik uçun kuraşamiz», degan u.

  • Ma’lumot uçun, Maksim Şatskix «şerlar» jamoasiga 2022 yildan buyon boş murabbiylik qilayotgandi. Uning boşqaruvida jamoa 2022 va 2023 yillarda öz tarixidagi 15 va 16-çempionlikni nişonladi. Ammo yakunlangan mavsumni jamoa turnir jadvalining 6-poğonasida yakunladi.