Shimoliy Koreya AQShning sanksiyalari tiz cho‘ktira olmasligini aytdi
AQShning Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalari Pxenyanni tiz cho‘ktira olmaydi, aksincha AQShga ishonchsizligini oshiradi. Bu haqda Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo BMT Bosh assambleyasi 73-sessiyasidagi nutqida aytib o‘tdi.
“AQSh o‘z maqsadiga majburlash bilan erishish uchun “dastlab yadroviysizlanish” tamoyilini talab qilmoqda va bosimni oshirmoqda, hattoki urush yakunlangani haqidagi bayonotga e'tiroz bildirmoqda. Go‘yoki sanksiyalar bizni tiz cho‘ktirishi – biz haqimizda hech narsa bilmaydigan odamlarning azaliy orzusi. Muammo shundaki, sanksiyalarning davom etishi ishonchsizligimizni yanada oshiradi”, deb aytgan Li Yon Xo.
Koreya urushi 1953 yilda yarashuv bilan tugagan, biroq hanuzgacha tinchlik sulhi imzolanmagan.
Li Yon Xoning aytishicha, Shimoliy Koreya AQShga ishonch yo‘q bo‘lgan bir holatda bir tomonlama tarzda qurolsizlanmaydi.
“AQShga biror-bir ishonch bo‘lmagan taqdirda milliy xavfsizligimizga ishonch bo‘lmaydi va bunday vaziyatda biz bir tomonlama tarzda aslo qurolsizlanmaymiz”, deb aytgan Shimoliy Koreya vaziri.
Shu bilan birga vazirning aytishicha, Pxenyan AQSh bilan Singapurda erishilgan qo‘shma bayonotni qat'iy amalga oshirish niyatida.
Uning aytishicha, Koreya yarimorolidagi tinchlik va xavfsizlikka yo‘l “Shimoliy Koreya va AQShning qo‘shma bayonotini to‘liq bajarish” hisoblanadi.
“AQSh va Shimoliy Koreya qo‘shma bayonoti Koreya yarimoroli muammosiga taalluqli barcha yechimlarni o‘z ichiga oladi”, deb aytdi vazir.
Shimoliy koreyalik vazirning ta'kidlashicha, bu kelishuvlarning bajarilishi “Koreya yarimorolining to‘liq yadroviysizlanishiga” olib keladi.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024