Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV 2-akademik litseyida ustozlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston IIV 2-son Toshkent akademik litseyida 1 oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozim – sizga ta'zim” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Qibray tumani Baytqo‘rg‘on qishlog‘ida joylashgan mazkur litseyda 610 nafar o‘quvchi ta'lim olmoqda. Bu haqda IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta'lim maskanida jinoyat-qidiruv, tergov, ekspert-kriminalistika, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, patrul-post va jamoat tartibini saqlash, qo‘riqlash, yo‘l harakati xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Yoshlarning bilimli, salohiyatli bo‘lib kamolga yetishi ko‘p jihatdan fidoyi ustozlar, kasbiga sodiq o‘qituvchilar, jonkuyar murabbiylarga bog‘liq. Ichki ishlar vazirligining 2-son Toshkent akademik litseyida 32 nafar ustoz va murabbiy faoliyat yuritib, tadbir davomida o‘quvchilar ustozlarni bayram bilan qutladi. Sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Litseyning 9ta xonasi Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yordamida ta'mirlandi va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, kasbga doir zarur anjomlar bilan jihozlandi. Bayram munosabati bilan litseyga tashrif buyurgan Toshkent viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.Allamurodov o‘quvchilar bilan suhbatlashdi, o‘quv xonalarini ko‘zdan kechirdi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan jihozlangan o‘quv-metodik xonasi “eng yaxshi xona” deb topildi.
Mavzuga oid
10:46 / 21.01.2021
Litsey direktorlari arosatda qoldi. Prorektorlar esa hayron
07:30 / 28.12.2020
Samarqandda korxonalar bayram korporativlari o‘tkazmaslik bo‘yicha ogohlantirildi
23:45 / 11.10.2020
Akademik litseylarda 15 oktyabrdan an'anaviy darslar boshlanadi
16:30 / 20.06.2019