Akademik litseylarda 15 oktyabrdan an'anaviy darslar boshlanadi
15 oktabr, payshanba kunidan OTMlar tasarrufidagi akademik litseylarda 2020/21 o‘quv yili an'anaviy tarzda boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi ma'lum qildi.

Belgilanishicha, sanitariya-gigiyena talablari bajarilgan taqdirda va ota-onalar hamda deputatlardan ijobiy xulosa berilgandan so‘ng, akademik litseylarda o‘quv jarayonini boshlashga tayyorligi haqida hududiy ishchi guruhlarning xulosasi olinadi.
Yangi o‘quv yilini an'anaviy tarzda boshlashga tayyor bo‘lgan akademik litseylarda o‘quv jarayonini boshlash masalasi tuman (shahar) xalq deputatlari kengashi muhokamasidan o‘tkaziladi.
Shuningdek, o‘quv jarayonlarini boshlash muddati va shaklini belgilash maqsadida ota-onalarning fikrini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkaziladi.
Ta'lim muassasasiga o‘quvchilarning an'anaviy tarzda kelib o‘qishlari majburiy hisoblanmaydi.
Karantin talablaridan kelib chiqib, ta'lim muassasalarida o‘quvchilar turar joylari hamda oshxona/bufetlar faoliyat yuritmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 12 oktyabrdan OTMlarning 1-kurs talabalari uchun tanishuv darslari boshlanadi.
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda

22:24 / 07.11.2022