Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
760 tonna yuk ko‘taradigan dunyodagi eng ulkan yuk mashinasi
Rekord miqdordagi – 450 tonna yuk ko‘taruvchi BelAZ yuk mashinasi o‘z o‘rnini yangi da'vogarga bo‘shatib beradigan ko‘rinadi. Sloveniyaning ETF Mining Equipment firmasi konstruktorlari 760 tonna yuk ko‘taradigan yuk mashinasi prototipini yaratishdi.
U modulli uslubda tayyorlangan bo‘lib, zaruratdan kelib chiqqan holda uni qismlarga bo‘lish yoki qismlar qo‘shish mumkin. Bir nechta mashinaning kabinasini olib tashlab ulardan avtopoyezd ham tiklash mumkin. Bunda ularning barchasida dvigatel bo‘ladi va avtopoyezd eng birinchida turgan avtomashina orqali boshqariladi.
Aytilishicha, yuk mashinasi 180 tonnadan 760 tonnagacha yuk tashiy oladi.
Unga erkin harakatlanishi uchun eni atigi 24 metr bo‘lgan yo‘l yetarli. Ayni paytda uning 5 o‘qli ETF MT-240 deb nomlangan modelini sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.