Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superliga. Mashg‘ulot o‘tkazmagan «Buxoro» «Lokomotiv»ga yutqazdi
Superliga 25-turida «Buxoro» o‘z maydonida «Lokomotiv» bilan bellashdi.
O‘yin mehmonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. «Lokomotiv» hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov dubl sohibi bo‘ldi.
Bu natijadan so‘ng, «Lokomotiv» 27 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi, «Buxoro» esa 7 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Avvalroq, moliyaviy qiyinchiliklar tufayli, «Buxoro» futbolchilari mashg‘ulot o‘tkazishdan bosh tortgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Superliga, 25-tur
BUXORO (Buxoro) – LOKOMOTIV (Toshkent) - 1:3
Gollar: Salamat Qutiboyev (39) - Temurxo‘ja Abduxoliqov (7, 68), Sanjar Shoahmedov (19)
Mavzuga oid
22:37 / 22.04.2026
27 million mashmashasi: o‘zbek klublari budjetdan pul ola boshladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
11:07 / 15.04.2026
Superliga. «So‘g‘diyona»ning birinchi g‘alabasi va Babayanning iste’fosi
11:39 / 10.04.2026