O‘zbekiston | 15:25 / 03.10.2018
1828
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zmilliybank va Abu-Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi 100 mln dollarlik hamkorlik bitimini imzoladi

Foto: O‘zmilliybank

2018 yil 3 oktabr kuni Toshkent shahrida, O‘zbekiston-Amirliklar biznes-forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Abu-Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi (BAA) bilan 100 mln AQSh dollari miqdoridagi hamkorlik bitimini imzoladi.

Bitim bilan investitsion loyihani amalga oshirish, birinchi navbatda, Samarqand shahri markazida xalqaro darajadagi mehmonxona va sayyohlik savdo-ko‘ngilochar markazini qurish nazarda tutilgan, bu shaharning sayyohlik salohiyatini oshiradi. Shuningdek, u elektr, suv ta'minoti, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishni o‘z ichiga oladi.

Abu-Dabi fondining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan «Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turistik salohiyatini 2017-2019 yillarda jadal rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi» ijrosidagi loyihalarini moliyalashtirishga jalb qilinmoqda.

Abu-Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi (Abu Dhabi Fund for Development) - 1971 yilda Abu-Dabi hukumati tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarga ularga rivojlanish loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar berish, shuningdek, bu mamlakatlardagi loyihalarga uzoq muddatli sarmoyalar kiritish orqali yordam berish maqsadida tashkil etilgan tashkilot. 2018 yil boshiga kelib Jamg‘arma mintaqaviy jamg‘armalar orqali dunyoning 88 mamlakatida 536 loyihani moliyalashtirdi.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid