Jamiyat | 18:38 / 04.10.2018
7919
1 daqiqa o‘qiladi

«Lasetti» olib berishni va'da qilib, 10 000 dollarga «uxlatgan» shaxs ushlandi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

2 oktabr kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil mart oyida Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi I.J. “Sergeli ixtisoslashgan avtomashina bozori” MChJ hududida Sergeli tumanida yashovchi M.I.ga “Lasetti” avtomashinasi olib berishlikni aytib, aldash yo‘li bilan 10 ming AQSh dollarini olib, shu kunga qadar avtomashina olib bermay pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. I.J. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid