Jamiyat | 15:21 / 05.10.2018
10057
2 daqiqa o‘qiladi

Har bir fuqaro korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etishi mumkin

Foto: Depositphotos

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning sabablari va yuzaga kelish shart-sharoitlarini kompleks bartaraf etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqish yuzasidan ish olib borilmoqda.

Respublika idoralararo komissiyaning Kun.uz’ga xabar berishicha, Davlat dasturi loyihasi quyidagilarni nazarda tutuvchi 6ta yo‘nalish bo‘yicha shakllantirilmoqda:

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish;
fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
ta'lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot, davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tashkiliy choralar, tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro hamkorlik.

Qayd etilishicha, har bir fuqaro Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etishi mumkin.

Buning uchun, anticorruptionuz telegram-botiga o‘tish va korrupsiya holatlari bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni taqdim etish yoki korrupsiya bilan to‘qnashilgan holatlar xususida o‘z fikrlarini bildirish imkoni mavjud.

Mazkur Davlat dasturini tayyorlashda korrupsiyaga shart-sharoit yaratuvchi muammolarni bevosita fuqarolardan o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi.

Mavzuga oid