Özbekistonda elektromobillarni quvvatlaş stansiyalarida 1 kWh elektr energiyasi narxining 300 sömdan oşgan qismi davlat budjetidan qoplab beriladi.

Bunday tartib 2026 yil 1 maydan boşlab yölga qöyilişi kerak.

Bu – prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2026 yilgi davlat dasturida körsatilgan.

Bundan taşqari, 2026 yil 1 martdan boşlab elektromobilda taksi faoliyati bilan şuğullanuvçi özini özi band qilgan şaxslar uçun:

  • ijtimoiy soliqdan 10 foizgaça çegirma beriladi;
  • davlat taşkilotlariga tegişli avtoturargohlar, şu jumladan aeroport va vokzallardagi avtoturargohlarda 30 daqiqagaça bepul foydalanişga ruxsat etiladi;
  • huquqbuzarlik va YTH sodir etmasdan 1 million kilometr masofada taksi xizmatini körsatgan fuqarolarga “Tabiat himoyaçisi” kökrak nişoni beriladi.

Quvvatlaş stansiyalari uçun sotib olinadigan yer maydonlarining auksiondagi boşlanğiç narxi ularning bozor qiymatidan 2 barobar arzon narxda belgilanadi. Bu topşiriq ijrosi 2026 yil 1 maydan boşlanişi kerak.

Şuningdek, respublika hududlarida 14 ta botanika va dendrologiya boğlari, 20 tadan soya-salqin sayr köçalari barpo etiladi.

Xorijiy tajribani örgangan holda (Fransiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni) sun’iy yomğir yoğdiriş texnologiyasiga ilmiy asoslangan holda pilot amaliy loyiha işlab çiqiladi.