O‘zbekistonda saylovchilar yagona elektron ro‘yxatini to‘laqonli joriy etishda tizimli muammolar aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini (SYaER) joriy etishga qaratilgan Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini yaratish hamda uni shakllantirish va undan foydalanishda idoralararo o‘zaro hamkorlik tartibini reglamentlashga doir chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi eksperiment tartibida 2017 yil dekabr oyida Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov davomida sinovdan o‘tkazildi hamda xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan ijobiy baholandi.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil saylov jarayoniga SYaERni to‘laqonli joriy etishni ta'minlashga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatgan, xususan:
birinchidan, respublika ko‘lamida SYaERdan foydalanish amaliyotining mavjud emasligi bir saylovchining bir vaqtning o‘zida bir nechta ro‘yxatlarga kiritilishiga olib kelmoqda va «bir saylovchi – bir ovoz» prinsipiga to‘liq rioya qilinishini ta'minlamayapti;
ikkinchidan, saylovchi-fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari to‘g‘risida haqqoniy bo‘lmagan axborot fuqarolarni tegishli saylovchilar ro‘yxatlariga avtomatik kiritishda aniqlikni ta'minlash imkonini bermayapti;
uchinchidan, Ko‘chmas mulk obektlari manzillari yagona reyestrining mavjud emasligi, shuningdek, Ko‘chmas mulk obektlari manzillari yagona reyestridagi eskirgan va manfaatdor idoralar tomonidan foydalanilmaydigan axborot saylovchilarni uchastkalar bo‘yicha taqsimlash jarayonini avtomatlashtirishga to‘sqinlik qilmoqda;
to‘rtinchidan, saylov uchastkalarining zamonaviy kompyuter uskunalari bilan jihozlanishi va ularning internet tarmog‘iga ulanishi darajasi pastligicha qolayotgani saylov jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish imkonini bermayapti;
beshinchidan, joylardagi saylov komissiyalari a'zolarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga doir bilim va ko‘nikmalari darajasi pastligi saylov jarayonini raqamlashtirish va avtomatlashtirishda qiyinchilik tug‘dirmoqda.
Mavzuga oid
21:49 / 08.11.2024
Ishchilar sinfi isyoni yoki muvaffaqiyatsiz kampaniya? Harris saylovda nega yutqazdi?
18:42 / 07.11.2024
Trampning g‘alabasi: u amerikaliklarni qanday ishontira oldi?
18:18 / 07.11.2024
Imzo chekishni bilmagani uchun minglab yosh amerikaliklarning saylov byulleteni bekor qilindi
13:51 / 07.11.2024