AQŞ Nevada ştatining ikki okrugida 13 mingdan ortiq saylov byulleteni haqiqiy emas deb topildi. Bunga saylovçilarning töğri imzo çekişni bilmagani sabab bölgan, deb yozdi Business Insider.

Ştat davlat kotibi Fransisko Agilar 6 noyabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida tuşuntirganidek, muammo poçta orqali yuborilgan saylov byulletenidagi imzo bilan boğliq. Qayd qilinişiça, imzolar saylovçilar ma’lumotlar bazasidagi imzoga mos kelmagan. «Bugungi kunda yoşlar imzo çekişni bilmaydi», dedi Agilar.

Ta’kidlanişiça, sönggi prezidentlik saylovida yaroqsiz bölgan byulletenlar soni 2020 va 2022 yillardagi saylovlardagidan köproq.

Saylovçilarga yordam beruvçi Vote America va Vote.Org taşkilotlari asosçisi Debra Kliver qölda yozilgan imzolarni boşqa identifikator bilan almaştiriş tarafdori, çunki yoşlarda imzo çekiş bilan boğliq muammolar tobora köpaymoqda. Bunday holatning sabablaridan biri sifatida Kliver 2010 yildan beri köplab ştatlar maktab öquv dasturidan husnixat darsining çiqarib taşlanganini keltirdi. Oqibatda, 20-25 yoşdagi köplab yoşlar qölda yoziş qobiliyatiga deyarli ega emas yoki aniq va öziga xos imzolarini şakllantira olmagan. Kliverning fikriça, muammo vaqt ötişi bilan yomonlaşadi.

Şu bilan birga, Agilar sözlariga köra, ba’zida keksa avlod vakillari orasida ham imzolar mos kelmaydi. Çunki ular öz imzosini hayoti davomida (masalan, turmuş qurganidan keyin) yangisiga özgartiradi, lekin uni ma’lumotlar bazasida yangilaşni unutadi.

AQŞ prezidentlik saylovi 5 noyabr kuni bölib ötdi, biroq köpçilik saylovçilar töldirilgan byulletenlarni poçta orqali yuboriş yoki ularni maxsus qutilarga taşlaş orqali oldindan ovoz berişdi. NBC ma’lumotlariga köra, 83,7 million kişi muddatidan oldin ovoz beriş imkoniyatidan foydalangan.