BBC’ning Şimoliy Amerika böyiça muharriri Sara Smit şu mavzuni tahlil qildi.

Bu kampaniyaning özi ham tarixga kiradi: Tramp ikkita suiqasdga uriniş holatini boşdan keçirdi, uning raqibi, amaldagi prezident Jo Bayden ovoz beriş kuniga bir neça oy qolganida poygani tark etdi.

Saylovçilarning ovozlarini hisoblaş hali ham davom etmoqda, ammo Amerikaning hal qiluvçi ştatlari Trampni tanlagani va bunday tanlovning asosiy sabablari sifatida iqtisodiyot va migratsiya bilan boğliq muammolarni körsatişgani allaqaçon ma’lum.

Tramp uçun bu — qulaşdan keyingi parvoz böldi. U 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida Baydenga yutqazganini tan olişdan boş tortgandi va uning ovoz beriş natijalarini bekor qilişga urinişdagi roli hamon tekşirilmoqda.

Trampga qarşi 2021 yil 6 yanvarida Kapitoliyga qilingan hujumni rağbatlantiriş böyiça ham ayblov ilgari surilgan. Va u Amerika tarixida jinoiy işda ayblangan ilk amaldagi prezident böladi.

Tramp nima uçun odamlarda turli tuyğular uyğotayotganini tuşuniş qiyin emas.

Öz kampaniyasi davomida u siyosiy raqiblarini ayamadi: ular ustidan qöpol hazillar qildi va hatto qasos oliş bilan tahdid qildi.

Trampning iqtisodiyot haqidagi sözlari odamlarga tuşunarli edi

Gap Tramp haqida ketganida juda kam odam betaraf qolişi mumkin. Kampaniya davomida men gaplaşgan saylovçilarning köpçiligi Tramp turli bema’ni gaplarni töxtatsa yaxşi bölişi, ammo bunga katta ahamiyat bermaslikka tayyor ekanliklarini aytişdi.

Ular uçun Tramp özining barça mitinglarida bergan quyidagi savol muhimroq edi: «Siz ikki yil oldingidan yaxşiroq yaşayapsizmi?»

Donald Tramp uçun ovoz berganlarning juda köpçiligi menga qayta va qayta iqtisodiyot uning prezidentligi davrida yaxşiroq bölgani va hozir ular öşa davrni qaytariş uçun kuraşayotganini aytişdi. Inflatsiya oşiş sabablari asosan taşqi omillar, masalan, kovid pandemiyasi bölsa ham, saylovçilar bunda hozirgi ma’muriyatni aybdor deb bilişdi.