Şaxsan Trampning özi uçun Oq uyga qaytiş uning qonun bilan boğliq muammolarining bir qismi hal bölişi va boşqalari muzlatilişini anglatadi. Biroq, u AQŞ tarixida qamoq jazosiga hukm qilingan ilk prezident bölişi ehtimoli ham saqlanib turadi.

Amerika jamiyati uçun uning ikkinçi muddati qat’iy migratsion siyosat va ekologik kun tartibini qayta körib çiqişni anglatadi.

Ukraina, NATO va AQŞning boşqa ittifoqçilari va hamkorlari uçun Vaşingtonning odatiy taşqi siyosati özgarişi va darhol yuz beradigan oqibatlarni bildiradi.

BBC Donald Trampning ikkinçi prezidentlik muddati haqidagi asosiy savollarga javob izladi.

Tramp kimlarni tayinlaydi?

Trampning saylovoldi dasturi köp jihatdan uning 2016 yilgi va’dalari takrori böldi, birinçi muddatda ularning katta qismi bajarilmagan. Öşanda va’dalarning bir qismi Kongressdan ötmagan, ayrimlarini Oliy sud bekor qilgan, ayrimlari esa asosiy lavozimlarga tayinlangan eski maktab republikaçilari tomonidan bloklangan. Ular Trampning iqtisodiy populizmi va taşqi siyosatdagi izolyatsionizmini qöllab-quvvatlaşmagan.

Öşandan beri sobiq prezident öşa odamlar tayinlanişi uning asosiy xatosi bölganini takrorlab kelardi va endi öz atrofiga hammaslaklari va sodiq insonlarni töplaşga qaror qilgan.

Vitse-prezident tanlovi ham şundan darak bermoqda. 2016 yilda Mayk Pens tanlangandi. U klassik respublikaçilarga mansub mustaqil siyosiy figura edi. Bu safra esa Tramp özi şerik sifatida Jyey Di Vensni tanladi, u öz siyosiy karerasi uçun şaxsan Trampdan qarzdor va respublikaçilar partiyasi funksionerlari oldida muttaham emas.

Uning birinçi prezidentlik muddatidan farqli ölaroq, hozir AQŞ Oliy sudi ham Trampning tayinlovlari şarofati bilan konservativ köpçilikka ega. Bu sud allaqaçon abortga umummilliy huquqni bekor qilib bölgan.

Nolegal migrantlarni nima qilmoqçi?

Trampning asosiy saylovoldi va’dasi mamlakatda noqonuniy bölib turgan migrantlarni ommaviy deportatsiya qiliş edi.

2016 yilda ham u barça nomuntazam migrantlarni deportatsiya qilişni va’da qilgandi. Öşanda ham ularning soni hozirgidek 11 mln bölgan. Lekin u va’dasida turolmadi. Bundan taşqari, Barak Obama davrida deportatsiya sur’ati kattaroq ham bölgan.