Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining internetdagi rasmiy veb-sayti orqali «Paxtani payhon qilish holatlarini aniqlash borasidagi tadbirlar natijalari» sarlavhali xabar e'lon qilindi.

Xabarga ko‘ra, viloyatning Peshku tumanida 2018 yil 1 oktabr kuni soat 7:00larda tumanning «Xurram» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro Tavakkal To‘yyev hamda shu manzilda yashovchi Nodir Yuldashevlar o‘zlariga tegishli bo‘lgan 6 bosh qo‘y va echkilarini qarovsiz qoldirganliklari oqibatida, ushbu chorva mollari «Nodirbek Dilnura» fermer xo‘jaligiga qarashli paxta dalasini payhon qilganligi aniqlangan. 1 bosh qo‘y va 1 bosh echki so‘yilib, hududdagi kam ta'minlangan oilalarga tarqatilgan.

Shuningdek, 2018 yil 4 oktabr kuni Buxoro tumanida «Talaliyon» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro Shavkat Tursunov o‘ziga tegishli bo‘lgan 1 bosh yirik shoxli qoramoli va 1 bosh qo‘yini «Yurinpoyon yeri» fermer xo‘jaligiga qarashli paxta dalasida boqib, payhon qilganligi aniqlangan. 1 bosh qo‘y so‘yilib, uning go‘shti hududdagi 38-son maktabgacha ta'lim muassasasiga topshirilgan.

Ikkala holat yuzasidan ham O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 104-moddasiga asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan, deyiladi Buxoro viloyat IIB rasmiy saytidagi xabarda.

O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning «Ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish» deb nomlangan 104-moddasiga ko‘z yugurtiramiz:

Chorva mollar yoki parrandalarning xo‘jalik ekinzorlarini payhon qilishi, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazishi yoki uni yo‘q qilib yuborishi, ko‘chatlarga shikast yetkazishi — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha,