Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda tibbiyot kolleji direktori o‘rinbosari 350 dollar bilan ushlandi
Foto: KUN.UZ
Shu yilning 29 sentabrida fuqaro A.G.ning arizasiga binoan Samarqand viloyat huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda yana bir firibgar rahbarning jinoiy xatti-harakatiga chek qo‘yildi.
Samarqand shahridagi tibbiyot kollejlaridan birining xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktori o‘rinbosari X.A. xizmat mavqeidan foydalangan holda, g‘araz va boshqa maqsadlarni ko‘zlab, A.G.dan uning qarindoshini mazkur kollejga ikkinchi mutaxassislikka o‘qishga kiritish uchun amaliy yordam ko‘rsatishi evaziga pul talab qiladi.
X.A. o‘zi ishlaydigan kollej hududida o‘ziga tegishli Chevrolet Gentra avtomashinasi ichida ko‘rsatayotgan «xizmati» uchun 350 AQSh dollarini olayotgan paytda huquq-tartibot organlari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan tibbiyot kolleji direktori o‘rinbosari X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi «v» bandi, 28-, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
10:01 / 12.05.2026
Buxoroda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
18:41 / 11.05.2026
Toshkentda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi 21 ming dollar bilan ushlandi
08:48 / 04.05.2026
Qoraqalpog‘istonda Kadastr bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
18:37 / 02.05.2026