Mehnat inspeksiyasi Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyevga öqituvçilarni köçalardagi obodonlaştiriş va monitoring işlariga jalb etiş taşabbusi yuzasidan ogohlantiriş yubordi. Bu haqda inspeksiya axborot xizmati xabar berdi.

Inspeksiya rasmiy munosabatida amaldagi qonunçilikka köra, pedagog xodimlarni ularning kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan işlarga majburiy tarzda jalb etiş taqiqlanişini eslatgan.

“Agar mazkur taşabbus amaliyotga joriy etilib, pedagoglar faoliyatiga daxldor bölmagan işlarga jalb etilsa, majburiy mehnat holatlarining yuzaga kelişiga sabab böladi.

Şu munosabat bilan Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyevga pedagoglarni kasbiy faoliyatiga aloqador bölmagan işlarga jalb etiş qonunçilikka zid ekani hamda bunday holatlar uçun javobgarlik belgilanganligi yuzasidan ogohlantiriş yuborildi”, deyiladi munosabatda.

Idora har qanday taşabbusni amalga oşirişda amaldagi qonunçilik talablariga rioya etiş, pedagoglarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlaş zarurligini qöşimça qilgan.

Samarqand viloyati hokimligi ham rasmiy munosabat bildirib, viloyat rahbarining tavsiyasidan asosiy maqsad talabalarni jismoniy mehnatga jalb qiliş emas, balki sohaga ixtisoslaşgan oliy ta’lim muassasalari, fakultetlar va kafedralarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalaniş, jamoatçilik nazoratini örnatişdan iborat ekanini ma’lum qildi.

“Bugungi kunda şahar köçalarida turli kasalliklar, zararkunanda haşarotlar hamda notöğri agrotexnik yondaşuvlar kabi qator omillar tufayli ayrim daraxtlar kasallanib, qurib qolmoqda. Bu masalalarni hal etişda ilmiy yondaşuv va mutaxassislar maslahat va tavsiyalari asosida iş tutiş muhim ahamiyat kasb etadi.

Şu munosabat bilan oliy öquv yurtlari rektorlari bilan uçraşuvda biologiya, ekologiya, agronomiya, tuproqşunoslik va landşaft dizayni kabi yönalişlarda ta’lim olayotgan yoş tadqiqotçilar hamda professor-öqituvçilarning ilmiy-tadqiqot işlarini şahar muhitidagi amaliy kuzatuvlar bilan uyğunlaştiriş taklif etildi.

Bu jarayonda talabalar va yoş olimlar daraxtlarning holatini örganiş, monitoring olib boriş, kasallik va zararkunandalar belgilarini erta aniqlaş böyiça ilmiy xulosalar hamda tavsiyalar işlab çiqişlari mumkin böladi. Barça agrotexnik va jismoniy işlar esa tegişli kommunal va obodonlaştiriş taşkilotlari tomonidan amalga oşiriladi.