Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi va uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, eng samimiy va ezgu tilaklarini bildirdi.
Prezident matbuot xizmati xabar qilishicha, muloqotda oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi yuqori sur'atlar bilan ortmoqda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida, jumladan, neft-gaz, energetika, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalarda yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Tomonlar imzolangan hukumatlararo bitimga muvofiq atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida strategik loyihani amalga oshirishga kirishdi.
Hududlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar hamda ishbilarmon doiralar hamkorligi faollashdi. Shu oyda Toshkentda ikki mamlakat hududlari, yetakchi korxona va kompaniyalari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston-Rossiya birinchi hududlararo forumi bo‘lib o‘tadi.
Madaniy-gumanitar sohada amalga oshirilayotgan amaliy tadbirlar yuksak baholandi. Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi sheriklik munosabatlari faollashgani ta'kidlandi. Yaqinda poytaxtimizda O‘zbekiston va Rossiya yetakchi universitetlarining rektorlari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida birinchi qo‘shma ta'lim forumi bo‘lib o‘tadi.
Davlat rahbarlari Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar. Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Muloqot so‘ngida Prezidentlar O‘zbekiston bilan Rossiyaning uzoq muddatli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, o‘zaro manfaatli amaliy hamkorligini har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash borasida intilishlari qat'iy ekanini ta'kidladilar.
Mavzuga oid
18:31 / 28.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi harbiy paradda ishtirok etadi
17:40 / 28.08.2025
«Mana shu 30 yillikda yopiq davlat sifatida turganmiz» – muftiy O‘zbekistonning xalqaro aloqalari kengayayotgani haqida
21:09 / 27.08.2025
Shavkat Mirziyoyev yangi barpo etilgan «Toshkent-Sharqiy» aeroportini borib ko‘rdi
20:34 / 27.08.2025