Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya O‘zbekistonning Afg‘onistondagi loyihalarida moliyaviy jihatdan ishtirok etishni ko‘rib chiqmoqda
Foto: 123RF
8 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Ergashev Germaniya Federativ Respublikasi hukumatining Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Markus Potsel bilan uchrashdi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.
Tomonlar Afg‘onistonda vujudga kelgan holat va mazkur davlatdagi tinchlik jarayoni istiqbollari borasida fikr almashdilar.
Uchrashuvda O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha nufuzli xalqaro konferensiya yakunlariga ko‘ra 27 mart kuni qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasining bandlari va takliflarini amalga oshirish borasidagi hamkorlik masalalariga asosiy e'tibor qaratildi.
Suhbatda “Mozori-Sharif – Hirot” temir yo‘l magistralini, “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini, turli uzunlikdagi avtomobil yo‘llarini va Afg‘onistondagi boshqa infrastruktura obektlarini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish uchun moliyaviy manbalarni jalb qilish masalasi ham muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ta'lim yo‘nalishidagi loyihalarda, jumladan Termizda tashkil etilgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markazi hamda Afg‘onistonda ta'limni qo‘llab-quvvatlash xalqaro fondi faoliyatida Germaniya tomonining ishtirok etishi muhimligi qayd etildi.
Mavzuga oid
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
18:52 / 21.04.2026
Rossiya Qozog‘iston neftini Yevropaga yetkazib berishni to‘xtatadi
11:48 / 16.04.2026
O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha yangi ma’lumot e’lon qilindi
09:56 / 16.04.2026