Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyaga borish orzusini puchga chiqargan ayol ushlandi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ma'lum bo‘lishicha, shu yil 6 oktabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil 7 may kuni Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida yashovchi S.A. ismli ayol Chilonzor tumanida Toshkent viloyati Nurafshon shahrida yashovchi M.Q.ga shu yil iyul oyida Koreya davlatiga ishlash uchun yuborishini aytib, aldov yo‘li bilan undan 4 400 AQSh dollarini olib, shu kunga qadar va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. S.A. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:30 / 22.01.2026
O‘zbekistonda onlayn firibgarlikka qarshi qanday kurashiladi?
12:40 / 22.01.2026
Toshkentning asosiy ko‘chalarida agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda
10:20 / 22.01.2026
Qorli ob-havo: Toshkentda yo‘l harakatida xavfsizlik kuchaytirilmoqda
09:10 / 22.01.2026