Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy eng yirik gaz importchisiga aylanishi mumkin
Foto: RIA Novosti / Mariya Plotnikova
Xitoy oktabrdayoq dunyodagi eng yirik gaz importchisiga aylanishi va bu borada Yaponiyani ortda qoldirishi mumkin. Bu haqda Xalqaro energetika agentligi rahbari Fotix Birol ma'lum qildi.
“Tabiiy gaz bozori transformatsiyalanish davrini boshdan kechirmoqda. Bunda uchta muhim holat bor. Birinchidan, Xitoy. U gaz bozorida asosiy o‘yinchiga aylanish uchun ulkan qadamlar tashlamoqda”, deb aytgan Birol Londondagi Oil & Money Conference anjumanida.
Birolning aytishicha, Xitoy oktabrda yoki noyabrda dunyodagi eng yirik gaz importchisiga aylanadi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, ikkinchi muhim holat AQSh tomonidan suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarilishi hajmi oshishi bo‘lmoqda. Agentlikning baholashicha, keyingi 5 yilda AQSh hisobiga bozorda suyultirilgan tabiiy gaz taklifining 75 foiz o‘sishi to‘g‘ri keladi. Shu tariqa AQSh Qatar va Avstraliya bilan bir qatorda suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib beruvchilarning yetakchi uchtaligiga kiradi.
“Uchinchidan, gaz iste'moli haqida gapirganimizda, darhol sanoat sektori haqida o‘ylaymiz. Sanoat sektori gazga talab o‘sishining asosiy sababchisi hisoblanadi”, deb aytgan Birol.
Shu bilan birga Xalqaro energetika agentligi rahbari gazga talabning oshishi xavflari mavjudligidan ogohlantirgan.
Mavzuga oid
18:53 / 10.02.2026
«Metan zapravkalar» 11 fevraldan bosqichma-bosqich odatdagi ish rejimiga qaytadi – Energetika vazirligi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026