Avgust oyi boshidan buyon g‘alaba qozona olmagan «Monako» bosh murabbiyni iste'foga chiqardi
«Monako» bosh murabbiyi Leonardo Jardim o‘z lavozimini tark etdi. Klub portugaliyalik mutaxassis bilan shartnomani bekor qilingani haqida rasman xabar tarqatdi.
44 yoshli murabbiy 2014 yil iyunidan buyon monegasklar jamoasiga ustozlik qilib kelayotgan edi. U jamoa bilan dastlabki ikki mavsumida birinchi divizionning uchinchi o‘rnini egallagan, 2016/17 yillar mavsumida oltin, 2017/18 yillar mavsumida esa kumush medal sohibi bo‘lgan edi. Klub uning murabbiylik davrida Chempionlar ligasi yarim finaliga ham yetib borgandi.
Ushbu mavsum starti «Monako» uchun o‘ta muvaffaqiyatsiz kechdi. Jamoa oxirgi 10 o‘yinda bitta ham g‘alabaga erisha olmagan va Fransiya chempionati turnir jadvalida 9 turdan so‘ng 6 ochko to‘plagan holda (1 g‘alaba, 3 durang va 5 mag‘lubiyat) 18-o‘rinni egallab turibdi. Umuman, klub joriy mavsumda YeChL o‘yinlari ham qo‘shib hisoblanganda jami 11ta o‘yin o‘tkazib, faqat bir marta, avgust oyi boshida «Nant» ustidan g‘alaba qozongan.
Matbuotdagi xabarlarga qaraganda, uning o‘rnini fransiyalik sobiq futbolchi Terri Anri yoki italiyalik mutaxassis Klaudio Raneri egallashi mumkin.
Mavzuga oid
21:13 / 21.10.2024
Rossiyada bankning sobiq rahbari o‘ziga 3 mlrd rubl kredit ajratib, Monakoga qochib ketdi
14:08 / 22.07.2024
«U darhol iste’foga chiqishi kerak» - Baydenning qaroriga AQSh va dunyodagi reaksiyalar
18:37 / 14.05.2024
Qashqadaryo hokimi 22 nafar mas’ulni ishdan oldi
23:44 / 08.01.2024