Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ravshan Mamatov Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi
Bir kun oldin prezident Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi faqat tahlil va xalqaro hamkorlik bilan cheklanib qolganini tanqid qilgan edi.
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Prezident farmoni bilan Ravshan Mamadjanovich Mamatov Prezident Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
Bir kun oldin Ravshan Mamatov prezident tomonidan jiddiy ogohlantirilgan edi. Shavkat Mirziyoyev Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi faqat tahlil va xalqaro hamkorlik bilan cheklanib qolganini tanqid qildi.
«O‘tgan yilda poytaxtda 1,5 mingdan ortiq narkotikka ruju qo‘yganlar rasman ro‘yxatga olingan. Eng achinarlisi, «soya»da bo‘lgan giyohvandlarning soni bundan ham ko‘p. Ularning aksariyati yoshlar. Ular narkotik uchun oyiga o‘rtacha 20−25 million so‘m sarflayapti. Giyohvand mablag‘ topish ilinjida jinoyatga qo‘l urishi tabiiy», dedi davlat rahbari.
Shundan so‘ng, agentlik rahbari Ravshan Mamatov faoliyatida o‘zgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirilgan edi.
Mavzuga oid
16:33 / 27.01.2026
«Narkotik uchun oyiga o‘rtacha 20−25 mln so‘m sarflayapti» – prezident yoshlar orasidagi giyohvandlik muammosi haqida
15:09 / 27.01.2026
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari ishdan olindi
20:51 / 17.12.2025
Narkotiklar aylanmasiga mansabdorlar homiylik qilayotgan holatlar juda ko‘p - Ravshan Mamatov
17:00 / 06.10.2025