Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
Foto: Vladimir Astapkovich/RIA «Novosti»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 oktabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muloqotda davlat rahbarlari oliy darajadagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlar doirasida ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama qilishdi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari o‘zaro savdo aylanmasi hajmi izchil ortib, nomenklaturasi kengayib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etishdi. Hududlararo hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanishga alohida e'tibor qaratildi.
Sanoat, energetika, transport-kommunikatsiya, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda aniq qo‘shma loyihalar bo‘yicha ishbilarmonlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta'kidlandi.
Madaniy-gumanitar, ta'lim, sog‘liqni saqlash va turizm sohalaridagi faol hamkorlikni davom ettirish muhimligi, bu ikki mamlakat o‘rtasidagi an'anaviy do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashishdi.
Tomonlar eng muhim masalalar, jumladan, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda samarali kurashish bo‘yicha yondashuvlari mushtarak ekanini qayd etishdi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lida intilishlari qat'iy ekanini ta'kidlashdi.
Mavzuga oid
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
18:31 / 28.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi harbiy paradda ishtirok etadi
17:40 / 28.08.2025
«Mana shu 30 yillikda yopiq davlat sifatida turganmiz» – muftiy O‘zbekistonning xalqaro aloqalari kengayayotgani haqida
21:09 / 27.08.2025