Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Rossiya va Xitoy koinot kuchlarini yaratishda AQShni ortda qoldirganini aytdi
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, AQSh mudofaa vazirligi uning ko‘rsatmasi bilan Rossiya va Xitoy koinot kuchlarni yaratishni allaqachon boshlagan va bu borada Vashingtonni ortda qoldirgan bir sharoitda bunday kuchlarni yaratishni boshladi. Bu haqda Tramp Richmond shahridagi namoyishda aytib o‘tdi.
“Mening ko‘rsatmam bilan Pentagon AQShning oltinchi turdagi qurolli kuchlari – koinot kuchlarini yaratish ustida ishlamoqda. Darvoqe, Rossiya bunday kuchlarni yaratishni boshlagan, Xitoy ham. Ular buni birinchi bo‘lib boshlashgan, biroq bizda dunyodagi eng ajoyib odamlar bor, biz dunyodagi eng yaxshi qurilmalar, raketa, tank va kemalar ishlab chiqaramiz”, deb aytgan Tramp.
Iyun oyida Tramp Pentagonga koinot kuchlari yaratish vazifasini topshirgan. Tramp o‘z nutqlaridan birida AQShning yangi milliy koinot strategiyasida koinot yer, havo va dengiz kabi harbiy harakatlar hududi deb tan olinganini aytgan. U milliy koinot kengashi a'zolari bilan o‘tgan yig‘ilishda AQSh uchun koinotda qolish yetarli emasligini, u koinotda yetakchilik qilishi lozimligini aytgan.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21 / 06.05.2026
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52 / 06.05.2026