O‘smirlar Olimpiya o‘yinlari. O‘zbekistonda yana bir kumush medal
Argentinada o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari davom etmoqda.
13 oktabr kungi bellashuvlar o‘zbekistonliklar uchun muvaffaqiyatli keldi.
Kun davomida og‘ir atletikachi Dolera Davronova bronza, baydarka va kanoeda eshkak eshish bahslarida ishtirok etgan Gulbahor Fayziyeva oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Sport kurashlarida -49 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Shohida Ahmedova ham sovrindorlar qatoridan joy oldi. U musobaqa davomida Qozog‘iston, Venesuela, AQSh, Belarus mamlakatlari vakillarini mag‘lubiyatga uchratib finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi jangda esa u shvetsiyalik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan kifoyalandi.
Ma'lumot uchun, bu o‘zbekistonlik sportchilar uchun Argentina Olimpiadasidagi o‘ninchi medaldir.
O‘zbekiston vakillari tomonidan 3ta oltin, 4ta kumush va 3ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan. 1ta oltin va 1ta bronza medallariga mikst bahslarida ega chiqilgan.
Mavzuga oid
10:39 / 22.10.2018
O‘smirlar Olimpiadasida ishtirok etib qaytgan O‘zbekiston delegatsiyasi tantanali ravishda kutib olindi
16:40 / 19.10.2018
O‘smirlar Olimpiadasi yakunlari. Eng ko‘p medalni O‘zbekiston qaysi sport turlarida qo‘lga kiritdi?
08:13 / 19.10.2018
O‘smirlar Olimpiya o‘yinlari: O‘zbekiston 206 mamlakat ichida 13-o‘rinni egalladi
22:09 / 18.10.2018