Kecha, 18 oktabr kuni Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari yakunlandi. Bu safargi «kichik Olimpiada» o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli o‘tdi, mamlakat medallar sifati bo‘yicha umumjamoa hisobida 206 mamlakat ichida 13-o‘rinni egalladi. Bu orqali O‘zbekiston sporti o‘smirlar Olimpiadasidagi o‘z natijasini yaxshiladi.

  • Ma'lumot uchun, o‘zbekistonlik o‘smirlar 2010 yilgi Singapur olimpiadasida 2 ta kumush va 4 ta bronza bilan umumjamoa hisobida 62-o‘rinni, oradan to‘rt yil o‘tib Nankinda 2 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallarini ko‘lga kiritgan holda 27-o‘rinni band etgan.

Bu galgi Olimpiadada qaysi sport turlari bo‘yicha musobaqalar O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari uchun muvaffaqiyatli o‘tdi? Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati shu haqda ba'zi ma'lumotlarni keltirib o‘tdi.

Buenos-Ayres Olimpiadasi ayniqsa o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar uchun muvaffaqiyatli kechdi. Federatsiya sportchilari Argentinadagi o‘yinlarga uchta litsenziya qo‘lga kiritishgandi. Yakunda musobaqada ishtirok etgan har uchchala sportchi ham medallarga sazovor bo‘ldi. Kumush Fayzullayeva, Muhammadqodir Toshtemirov va Dolera Davronovalar mos ravishda oltin, kumush va bronza medallari bilan qaytadigan bo‘lishdi. Qayd etish joiz, o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar shu kungacha o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘lmagandi.

Kumushxon Fayzullayeva (og‘ir atletika, oltin)

Sport kurashlari bahslarida ham o‘zbek polvonlari juda yaxshi ishtirok eta olishdi: to‘rt sportchidan uch nafari sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi. O‘zbekistonlik polvonlar delegatsiya hisobiga 3 ta medal (1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza) qo‘shib qo‘yishdi. Ayollar kurashi bahslarida qo‘lga kiritilgan medal O‘zbekiston uchun o‘smirlar Olimpiadasidagi dastlabkisi bo‘ldi: Shohida Abdullayevaning kumush medali O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi uchun tarixiy axamiyat kasb etdi. Kurashchilardan