Sektor rahbarlarining Toshkent shahri tumanlariga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha asosiy vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 15 avgustdagi PF-5511-son Farmoni ijrosini ta'minlash, Toshkent shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni o‘zlashtirish, ishlab chiqarish, infratuzilma hamda ijtimoiy yo‘nalishdagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali aholi bandligi va yashash sharoitini yaxshilash borasida mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining shaxsiy mas'uliyatini oshirish maqsadida farmoyishi qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahri tumanlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, chet el investorlari bilan hamkorlikni kengaytirishda sektorlar rahbarlarining shaxsiy roli va mas'uliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ma'qullandi.
Quyidagilar sektorlar rahbarlarining Toshkent shahri tumanlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish borasida asosiy vazifalari etib belgilandi:
mavjud investitsiya loyihalarini joyiga chiqqan holda tanqidiy o‘rganib chiqish orqali istiqbolsiz, iqtisodiy samara bermaydigan, xomashyo va moliyaviy resurslar bilan ta'minlanmagan va boshqa muammoli loyihalarni aniqlash;
muammoli loyihalarni ro‘yxatdan chiqarish va ularning o‘rniga yangi istiqbolli loyihalarni kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga takliflar kiritish;
joylarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining investitsion faoliyatini muvofiqlashtirish;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida hal etiladigan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish;
investitsiya loyihalarini, birinchi navbatda xorijiy investorlar bilan yangi loyihalarni amalga oshirish maqsadida bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan bino-inshootlar hamda yer maydonlaridan foydalanish yuzasidan takliflar tayyorlash;
har oyda biriktirilgan hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tizimli ravishda hisobot berib borish.
Mavzuga oid
19:10 / 13.11.2024
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
08:10 / 12.11.2024