Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XOQ prezidenti Buenos-Ayres 2032 yilda Olimpiadani o‘tkaza olishini ma'lum qildi
Argentina poytaxti Buenos-Ayres 2032 yilda yozgi Olimpiadani qabul qila olishi mumkin. Bu haqda jurnalistlarga Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax aytib o‘tdi.
Hozirda Buenos-Ayres o‘smirlar Olimpiadasini qabul qilmoqda.
“Bu juda muvaffaqiyatli o‘tgan o‘yinlardan keyin Buenos-Ayres Olimpiadani qabul qila olishiga hech kimda shubha bo‘lmasligi kerak”, deb aytgan Bax. U jurnalistlardan birining “Bu voqea 2032 yilda bo‘lishi mumkinmi?” degan savoliga “Ha” deb javob bergan.
Avvalroq ushbu Olimpiadani Indoneziya hamda Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bilan birgalikda o‘tkazish istagini bildirgan.
2020 yilgi yozgi Olimpiada 2020 yilda Tokioda, 2024 yilda Parijda, 2028 yilda esa Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadi.
2032 yilgi Olimpiada poytaxti XOQning 2025 yildagi sessiyasida qabul qilinadi.
O‘zbekiston terma jamoasining o‘smirlar Olimpiadasidagi medallari soni 15tani tashkil qilmoqda. Ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 5ta oltin, 4ta kumush va 6ta bronza medallari mavjud.
Mavzuga oid
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026