Matbuot va axborot agentligi bosh direktori “Mayak Kants” zavodi direktori bilan uchrashdi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning mamlakatga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik I forumi o‘tkazilmoqda.
Forum doirasida bugun, 18 oktabr kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriyev Rossiya qog‘oz sanoati vakili – Penza shahridagi “Mayak Kants” zavodi direktori Sergey Plotnikov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda barcha sohalarda, shu jumladan, noshirlik va matbaa sohalaridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar har ikki tomon uchun ham manfaatli ekani ta'kidlandi. Laziz Tangriyev rossiyaliklar bilan O‘zbekistonga ofset qog‘ozini olib kelish, Agentlik tizimidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylarida devor uchun gulqog‘oz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etilishi lozimligini ta'kidladi.
Ma'lumot o‘rnida aytish kerakki, 1850 yilda tashkil etilgan ushbu fabrika qog‘oz va qog‘oz sanoati sohasidagi qadimgi korxonalardan biri hisoblanadi. “Mayak Kants” zavodi tomonidan bugungi kunda nafaqat ichki, balki tashqi bozorga ham maktab daftarlari, umumiy daftarlar ishlab chiqaruvchi Rossiyadagi eng yirik korxonalardan biridir.
– Rossiya Federatsiyasi prezidentining yurtingizga davlat tashrifi doirasida ilk bor O‘zbekiston va Rossiya hududlararo hamkorlik forumi o‘tkazilmoqda, – dedi Sergey Plotnikov. – Ushbu tadbirlarga a'lo darajada tayyorgarlik ko‘rilganini, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligini O‘zbekistonga qo‘ygan ilk qadamda, ya'ni aeroportdayoq his etdim. Buning uchun O‘zbekiston rahbariyatiga, o‘zbek xalqiga alohida minnatdorlik bildiraman. O‘ylaymanki, mamlakatlarimiz o‘rtasida do‘stlik-birodarlik, hamkorlik bundan keyin ham rivojlanib boraveradi.
Mavzuga oid
09:59
Britaniyaning eng yirik banki Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
21:25 / 22.11.2024