O‘zbekiston | 10:12 / 19.10.2018
3289
4 daqiqa o‘qiladi

Ohangaronda poytaxt aholisini qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlari bilan ta'minlaydigan klaster tashkil etiladi

Foto: KUN.UZ

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyati Ohangaron tumanida poytaxt aholicini acociy turdagi qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash maqsadida Klaster tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatda qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimligi muassisligida “Toshkent agro zaxira xizmat”  davlat unitar korxonasi tashkil etilib, uni qishloq xo‘jalik texnika va uskunalari, bino inshootlar, mashina-traktor parki, aylanma mablag‘lari bilan ta'minlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi, Ohangaron tumani hokimligining Toshkent shahar hokimligi muassisligida tashkil etilgan “Toshkent agro zaxira xizmat”  davlat unitar korxonasini Toshkent viloyati, Oxangaron tumanida poytaxt aholisiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlarini tizimli yetkazib berish, qayta ishlash va zaxirasini yaratishga ixtisoslashgan Ohangaron tuman hokimligi muassisligidagi “Ohangaron agro zaxira xizmat” davlat unitar korxonasi sifatida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.

Ohangaron tuman hokimligi belgilangan tartibda Davlat korxonasi ustavini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta'minlaydi.

“Toshkent agro zaxira xizmat” davlat unitar korxonasiga davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilgan Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, “Shodmalik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar tegishli xududi bilan birgalikda va undagi boshqa asosiy vositalar balans qiymatida “Ohangaron agro zaxira xizmat” davlat unitar korxonasiga davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

Quyidagilar Davlat korxonasining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

Toshkent shahar aholisiga, jumladan aholi yashash mavzelariga asosiy turdash qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlarini o‘z vaqtida yetkazib berilishi va sotilishini ta'minlash, ichki iste'mol bozorida mahsulotlar narxlarini barqarorlashtirish, kuz-qish mavsumlarida zahirasini yaratish;

agrosanoat sohasidagi tashkilotlar, dehqon va fermer xo‘jaliklaridan tayyor mahsulotlarni sotib olish, saqlash, qayta ishlash, konservatsiya qilish, qadoqlash va sotish;

mahsulotlar zaxirasini yaratish ishlarini tashkil etish hamda qish va bahor mavsumida ularning narxlari sun'iy ravishda oshib ketishini oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

Toshkent shahrining tumanlarida mahsulotlar savdosini amalga oshiruvchi shoxobchalar, savdo do‘konlarini tashkil etish hamda dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarni ushbu shoxobchalar va savdo do‘konlarida sotilishini ta'minlash;

mahsulotlarni yetishtirish maqsadida Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish;

o‘zi yetishtirgan mahsulotlarni qayta ishlaydigan tashkilotlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularni Toshkent shahar aholisiga maqbul narxlarda uyushgan savdosini tashkil etish.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid