O‘zbekiston | 11:58 / 24.10.2018
24057
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston avtosanoati O‘zbekistonga kirish masalasida davlatdan yordam kutmoqda

Foto: kapital.kz

Avtomobillarni eksport qilishda davlat qo‘llab-quvvatlovining o‘sishi yaqin yillarda Qozog‘iston avtomobilsozlik sanoati salohiyatini tashqi bozorlarda amalga oshirish imkonini beradi. Bu haqda «KazAvtoProm» Qozog‘iston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi direktorlar kengashi raisi Oleg Alfyorov aytib o‘tdi, deb yozmoqda «Kursiv».

«Qo‘shni tashqi bozorlarda, xususan, O‘zbekiston bozorida avtomobil ishlab chiqaruvchilarning manfaatlari mahalliy hokimiyat organlari tomonidan faol himoyalanmoqda», - dedi u 23 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Uning fikriga ko‘ra, aslida, aynan shu o‘zbek avtomobillarining tashqi bozorlarda, birinchi navbatda, Qozog‘iston bozoridagi muvaffaqiyati kalitidir.

Alfyorovning ishonch bildirishicha, Qozog‘iston bozoriga xorijiy ishlab chiqaruvchilar, shu jumladan, O‘zbekiston avtosanoati tomonidan mashinalarni yetkazib berishda O‘zbekiston hukumati ham Qozog‘iston, ham boshqa bozorlarga eksportini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sezilarli choralar ko‘rmoqda.

Shu bilan birga, uning eslatishicha, Qozog‘istonning «Aziya Avto» AJ kompaniyasi Xitoyga 1,5 ming donadan ortiq Lada 4×4 yo‘ltanlamaslarini jo‘natdi.

«Bu avtomobillar u yerda katta talabga ega edi, ammo qo‘shni bozorlarda eksport faolligining davom etishi faqatgina katta eksport subsidiyalari mavjud bo‘lganda muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. 2020-2024 yillarda sanoat-innovatsion rivojlanish dasturini ishlab chiqish doirasida, bugungi kunda Qozog‘iston avtomobillarining tashqi bozorlar, shu jumladan, O‘zbekiston bozoriga eksportini qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokama qilinmoqda. Umid qilamizki, ushbu eksportni qo‘llab-quvvatlash vositalari milliy avtomobilsozlik sanoatining tashqi bozordagi salohiyatini ro‘yobga chiqarishga imkon beradi», - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan yana bir avtosalon bilan kelishuvni bekor qilgandi.

Mavzuga oid