O‘zbekiston | 10:00 / 26.10.2018
5874
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Blue Bell Global Venture” XK MChJ yirik korxonalarga ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik taklif etadi

Jahon sanoati rivojlangani sayin energetika resurslariga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlarga ochib berilayotgan keng imkoniyatlar natijasi o‘laroq yildan yilga ko‘plab yangi ishlab chiqarish korxonalari ishga tushmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, Respublika sanoat-qurilish sohasini kengaytirib, uning energetik resurslarga bo‘lgan talabini yanada kuchaytirmoqda. 

Qattiq jinsli energoresurs hisoblanuvchi ko‘mir ham hozirgi kunda yurtimiz ishlab chiqaruvchilari uchun zarur xomashyolardan biri sifatida muhim ahamiyatga ega, zero ko‘mir sement va g‘isht zavodlari, IES, issiqxonalar kabi sanoat obektlarining ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan asosiy yoqilg‘i mahsulotidir.

Foto: Blue Bell Global Venture
Foto: Blue Bell Global Venture

“Blue Bell Global Venture” XK MChJ O‘zbekiston Respublikasi korxonalari va tadbirkorlarining ko‘mirga bo‘lgan talabini qondirish hamda ularni yoqilg‘i mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Bu maqsadni amalga oshirish uchun shu yilning mart oyida jamiyat rahbarlari va Tojikistonning “Talco Management” Ltd rahbariyati o‘rtasida davlat darajasidagi uchrashuv amalga oshirildi. Bu uchrashuvlar mevasi sifatida Tojikiston alyuminiy kompaniyasining sho‘'ba korxonasi – “TALKO Resurs” va “Blue Bell Global Venture” XK MChJ o‘rtasida xalqaro shartnoma imzolanib, qo‘shni mamlakatlar o‘rtasida ko‘mir xomashyo aylanmasi yo‘lga qo‘yildi. 

Joriy yilning 1 oktabriga qadar ikki kompaniya o‘rtasidagi hamkorlik natijasida o‘zbekistonlik ishbilarmonlarga 1.5 ming tonnadan ortiq yoqilg‘i mahsuloti yetkazib berildi. 

 

Foto: Blue Bell Global Venture
Foto: Blue Bell Global Venture

“Blue Bell Global Venture” XK MChJ O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi korxonalar va tadbirkorlarga ochiq va o‘zaro manfaatli hamkorlikni taklif etadi.

Kompaniya faoliyatining asosiy turlaridan biri ko‘mir ulgurji savdosi hisoblanadi. Korxona Tojikiston Respublikasiga tegishli “Fon-Yagnob” ko‘mir koni mahsulotining O‘zbekistondagi rasmiy va eksklyuziv dileridir. 

Kompaniya bozorga chiqaruvchi mahsulot yuqori sifat xususiyatlariga ega bo‘lib, O‘zbekiston bozorida ancha talabgir hisoblanadi. Kompaniya mahsuloti esa tegishli davlat standarti me'yorlariga to‘liq muvofiq keladi.

Foto: Blue Bell Global Venture

Agar siz o‘z ishlab chiqarish korxonangizda ko‘mir mahsulotidan faol foydalansangiz va faoliyatingiz to‘xtovsiz amalga oshishini istasangiz, “Blue Bell Global Venture” XK MChJ bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘ri qarordir. 

Kompaniya o‘z moddiy-texnik bazasi asosida mijozlar buyurtmalarini kelishilgan muddat va miqdorda amalga oshirish bo‘yicha kafolat beradi va shu orqali o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar faoliyati uzluksizligini ta'minlay oladi.

Ma'lumot uchun telefonlar: +998933886343, +998979177077

E-mail: [email protected]

Omborimiz manzili: Samarqand viloyati, Jomboy tumani

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid