Sport | 23:26 / 26.10.2018
24596
2 daqiqa o‘qiladi

Futbol qoidalariga yangi o‘zgarishlar kiritilishi kutilmoqda

Futbol qoidalarini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi Xalqaro futbol uyushmalari kengashi (IFAB) bir qator o‘zgarishlarni joriy qilishni rejalashtirmoqda.

Xususan, o‘yin vaqtini atayin cho‘zishni oldini olish uchun, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda futbolchi almashtirish taqiqlanishi mumkin. IFAB tomonidan o‘tkazilgan tahlilga ko‘ra, APL doirasidagi o‘yinlarda taxminan 5% o‘zgarish aynan qo‘shib berilgan daqiqalarda amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, maydonni tark etayotgan futbolchi faqat texnik hududdan emas, balki eng yaqin joydan chiqib ketishi belgilanishi mumkin. 

Yana bir yangilik - sariq va qizil kartalar nafaqat futbolchilarga, balki klubning boshqa a'zolariga ham ko‘rsatilishi mumkin. 

Darvozabon esa to‘pni o‘yinga kiritganida, jarima maydoni ichidagi jamoadoshiga ham oshirishiga ruxsat berilishi mumkin (hozir faqat jarima maydoni tashqarisidagi futbolchiga oshirishga ruxsat berilgan).

2019 yil mart oyida IFAB tomonidan o‘tkaziladigan yillik anjumanda bu o‘zgarishlar muhokama qilinadi.

Mavzuga oid