Xorijda işlab çiqarilgan alohida tovarlar, xorijiy şaxslar tomonidan bajariladigan işlarning (xizmatlarning) davlat xaridlaridagi iştirokini vaqtinçalik taqiqlaş va çegaralaş mexanizmi kiritiladi
«Mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Prezident qaroriga asosan:
- ustav fondida (kapitalida) davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslar, şuningdek, ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortiği 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat uluşiga ega yuridik şaxsga tegişli bölgan yuridik şaxslarning umumiy qiymati BHMning 50 ming baravaridan yuqori bölgan import tovarlari (işlar, xizmatlar) xaridlarining maqsadga muvofiqligi har çorakda kuzatuv kengaşlari tomonidan majburiy tartibda körib çiqiladi;
- xorijda işlab çiqarilgan alohida tovarlar, şuningdek, xorijiy şaxslar tomonidan bajariladigan işlarning (xizmatlarning) davlat xaridlaridagi iştirokini vaqtinçalik taqiqlaş va çegaralaş mexanizmi kiritiladi;
- davlat xaridlaridagi iştiroki vaqtinçalik taqiqlangan va çegaralangan, xorijda işlab çiqarilgan tovarlar, şuningdek, xorijiy şaxslar tomonidan bajariladigan işlarning (xizmatlarning) röyxatiga kiritilmagan mahsulotlar böyiça tender (tanlov) iştirokçilari takliflarini baholaşda xalqaro tajribaga muvofiq mahalliy işlab çiqarilgan tovarlarga nisbatan import tovarlarining CIP (Özbekiston) narxidan 15 foizdan köp bölmagan miqdorda preferensiya beriladi;
- hududiy budjet buyurtmaçilari tomonidan amalga oşiriladigan davlat xaridlari böyiça xarid komissiyalari tarkibiga Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlarining işlab çiqarişni mahalliylaştiriş va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytiriş masalalari böyiça yordamçilari majburiy tartibda kiritiladi.
Soliq kodeksi bilan berilgan ayrim imtiyozlar bekor qilinadi
«Yer resurslari va davlat mulki obektlaridan foydalaniş samaradorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident farmoniga muvofiq soliq kodeksi bilan berilgan quyidagi imtiyozlar bekor qilinadi:
a) yer soliği böyiça quyidagilar tomonidan egallangan yer uçastkalari:
soğlomlaştiriş hamda dam oliş joylari, xususan, dam oliş uylari;












