Quyida 2019 yil 1 sentyabrdan qonunçilikda qanday özgarişlar yuz berişi haqida batafsil ma'lumot beriladi.

Nikoh yoşi özgaradi

Prezidentning 2019 yil 22 apreldagi «Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» 4296-sonli qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 sentyabrdan erkaklar va ayollar uçun nikoh yoşi ön sakkiz yoş etib belgilandi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga köra, hozirda nikoh yoşi erkaklar uçun ön sakkiz yoş, ayollar uçun ön yetti yoş hisoblanadi.

Iş haqining eng kam miqdori tuşunçasidan voz keçiladi

Mehnatga haq tölaş miqdorlarini aniqlaş tartibini takomillaştiriş hamda mehnatga haq tölaş, pensiyalar tayinlaş hamda soliqlar, davlat bojlari, jarimalar, yiğimlar va boşqa tölovlarni undiriş örtasidagi şartlar boğliqligini bartaraf etiş maqsadida qabul qilingan Prezident farmoniga muvofiq, 2019 yil 1 sentyabrdan boşlab iş haqining eng kam miqdori örniga quyidagi miqdorlar belgilandi:

  • Mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori – 634 880 söm;
  • Bazaviy hisoblaş – 223 000 söm;
  • Pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – 223 000 söm.

Özini özi band qilgan fuqarolarga vaqtinçalik mehnat guvohnomalari beriladi

Hukumat qarori bilan «Özini özi band qilgan fuqarolarga vaqtinçalik mehnat guvohnomasini beriş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlangan. Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 sentyabrdan özini özi band qilgan fuqarolarga vaqtinçalik mehnat guvohnomalari beriladi.

Özini-özi band qilgan fuqarolar – xizmatlar körsatişni, işlar bajarişni mustaqil amalga oşiradigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida röyxatga olinmagan va yollanma mehnatdan foydalanmaydigan, mehnat staji hisobga olinişi va rağbatlantiruvçi imtiyozlardan foydalaniş huquqi bilan vaqtinçalik mehnat guvohnomalarini rasmiylaştirgan şaxslardir.