Quyida 2019 yil 1 oktyabrdan qonunchilikda ro‘y beradigan o‘zgarishlar haqida ma'lumot beriladi.
Yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan «O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonga ko‘ra, joriy yilning 1 oktyabridan Transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) o‘rtasida transport vositasidan foydalanish va boshqarish to‘g‘risidagi ishonchnomani majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinadi.
Mehnat migrantlariga mikroqarzlar va subsidiyalar
«Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a'zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida» prezident Farmoni qabul qilindi. 2019 yil 1 oktyabrdan:
mehnat migrantlariga – 1 bank kuni davomida pasport, ariza va mehnat organining iltimosnomasi asosida 2019–2020 yillarda 10 foiz va 2021 yilda 12 foiz stavkada 2 mln so‘m miqdorida 1 yil muddatga mikroqarzlar berish;
sug‘urta kompaniyalariga – yiliga 1 marotaba xorijdagi vaqtinchalik mehnat migrantlari hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofoti summasini qoplash uchun har bir mehnat migranti uchun 50 000 so‘m miqdorida bir martalik subsidiyalar taqdim etish amaliyoti joriy etiladi.
Obodonlashtirish sohasi
Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
2019 yil 1 oktyabrdan yuridik va jismoniy shaxslar o‘ziga biriktirilgan hududni obodonlashtirish uchun mas'ul hisoblanadi.
Soliq va bojxona imtiyozlari
Prezidentning «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»















