
Bu şahar Şpitsbergen arxipelagida joylaşgan va jami 2 ming nafar aholisi bor. Yozda sutka böyi quyoş çaraqlab turadi. Biroq yilning sovuq paytida bu yerda 4 oy davomida qoronğulik hukmronlik qiladi. Aholining bari qurollangan. Nima uçun? Çunki oq ayiqlar ularga qöşni. Kutilmagan holatlarda özini himoya qilişni biliş kerak.

Ilgari bu yer kömir qazib çiqariladigan yirik markaz edi. Hozir buni zanglagan texnika va aynan şu maqsadda qurilgan inşootlar esga soladi. Şaxtalardan birining körinişi mana bunday. Agar rang-barang şahardan uzoqlaşilsa, manzara biroz xiralaşadi.

Joyga ötgan asrning boşlarida bir muhandis öz nomini bergan va unga asos solgan. Ikkinçi jahon uruşi vaqtida mahalliy aholi Buyuk Britaniyaga evakuatsiya qilingan. Öşa vaqtlarda faoliyat yuritgan şaxtalar faşistlar bosqinida töliq vayron qilingan. Töğri, uruşdan keyin ularni qaytadan qurişdi.

Mana bu original belgini hamma joyda uçratiş mumkin. U oq ayiqlarning paydo böliş ehtimoli haqida ogohlantiradi. Aytgança, mahalliy talabaga öqişning ilk haftasida faqat öq otişni örgatişadi. Har ehtimolga qarşi, axir bu qöşnilar xavfli-da.

Biroq dökonga hali ham qurol olib kiriş mumkin emas.
Hatto yozda ham harorat barqaror 10 daraja iliqdan kötarilmasligi mumkin.













