Florida ştatida yaşovçi 68 yoşli Jyenni Feniks Yevropa, Osiyo va Amerika böylab uç yillik sayohatni uzoq vaqtdan beri kutayotgandi. Ammo jiddiy keçikişlar tufayli uning orzusi barbod böldi. Sayohatga olib çiqadigan Odyssey kemasi Irlandiyaning Belfast şahrida uç oy uşlanib qoldi.

Kemaga egalik qiluvçi Life at Sea Cruises kompaniyasi yölovçilarning ovqatlaniş va yaşaş xarajatlarini qoplamasligi oldindan belgilangandi. Yölovçilarning köpçiligi Belfastda qoliş uçun öz mablağlarini sarflaşga majbur ekani aniq bölgaç kema ta’mirlangunça öz mamlakatlariga qaytişga qaror qilgan.

Ikki bolaning yolğiz onasi Feniks umr böyi orzu qilgan sayohatga çiqiş uçun mol-mulkini sotgandi. U kema Mayamida töxtaganda, Floridada qolgan narsalarini olib ketişni rejalaştirgan.

Ammo kema jönaşi keçiktirildi. Jyenni Feniks esa WhatsApp guruhidagi boşqa yölovçilarga bu ahvolda kema Mayamida töxtamasligini aytgan. U Belfastdan jönaganidan keyin ham kemada ta’mirlaş işlari davom etişini taxmin qilgan. Şuningdek, ayol özi band qilgan kayutadan haligaça ekipaj foydalanayotgani sababli, vaqtinçalik kayuta bilan qanoatlanişga majbur bölişi mumkinligini aytgan.

Bu gaplar qandaydir yöl bilan kruiz egalariga yetib bordi. Ular ayolga “jamiyatning ma’naviy ruhiga ta’sir qiluvçi xatti-harakatlari” tufayli u bilan sayohat şartnomasi bekor qilinganini bildirdi.

Telegraph naşri xabar qilişiça, boş operatsion direktor Keti Villalba ayolga şunday xat yuborgan:

“Kema yölovçilaridan sizning doimiy şikoyatlaringiz va salbiy munosabatingiz haqida öndan ortiq rasmiy e’tiroz oldik. Bunday xatti-harakatlar boşqa yölovçilarning kayfiyati va farovonligiga sezilarli darajada salbiy ta’sir körsatdi. Şu sababli, boşqa yölovçilar özlarini xotirjam va mamnun his qilişlari uçun sizning şartnomangizni butunlay bekor qilişga majburmiz”.

Bu xabar Feniksni hayratda qoldirdi.

“Men heç qaçon qöpollik yoki hurmatsizlik qilmaganman. Bular şaxsiy suhbatlar edi, ijtimoiy tarmoqlarda heç narsani ommaviy yozmaganman”, — dedi u.

Ayol birinçi reysning doimiy ravişda keçiktirilişidan ranjigan yagona odam emasligini aytdi.