O‘zbekiston | 11:55 / 29.10.2018
13153
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«BINOKOR Temir-Beton Servis» 9 balli seysmik sinovlarni muvaffaqiyatli o‘tkazdi

«BINOKOR Temir-Beton Servis» MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasi «KazNIISA» xodimlari bilan birgalikda 9 qavatlik panelli binoni 9 ballik sun'iy vibro-dinamik yer tebranishi sinovlarini o‘tkazdi. «O‘zbekistondagi qulay uy-joy» davlat dasturini qisqa muddatda amalga oshirish uchun «BINOKOR Temir-Beton Servis» MChJ qo‘shma korxonasi  rahbariyati katta panelli uylar uchun yangi konstruktiv sxemani ishlab chiqishga qaror qildi.

Ommaviy ishlab chiqarish oldidan, bunday katta panelli binoning bardoshliligi tajriba sifatida sinovdan o‘tkazildi. «BINOKOR Temir-Beton Servis» yuqori sifatli betondan va Markaziy Osiyo mintaqasining seysmik faolligini hisobga olgan holda tuzilgan yangi konstruktiv tizim asosida xavfsiz va qulay dunyo qurmoqda.

Katta panelli uyning loyihasi, bunday panelli uylar qurilishida keng tajriba ega «KJ-PROYeKT» xorijiy kompaniyasi tomonidan, mahalliy klimatik sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Keyin esa «Tashgiprogor» AJning etakchi loyihaviy instituti mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududining seysmik sharoitiga moslashtirildi.

Katta panelli 9 qavatli uy - 5255 kvadrat metr yashash joyini tashkil etdi va 55 kunda qurib bitkazildi, uy qurilishida innovatsion texnologiyalardan foydalanilganligi sababli, ishlab chiqarish xarajatlari qisqartirildi va ko‘p qatlamli zamonaviy izolyatsiya materiallari bilan biriktirilgan panellar yordamida esa energiya tejamkorligiga erishildi.

Xorijiy mutaxassislar Qurilish va Arxitektura Ilmiy-Tadqiqot Institutidan («KazNIISA» AJ) sinovlarini o‘tkazish uchun taklif qilindi.

Seysmik sinovlar 5 bosqichda o‘tkazildi, unda vibratsiyani ro‘yxatga olish va dastlabki ma'lumotlarni qayta ishlash, strukturalarning vizual tekshiruvi, zararlarni foto-fiksatsiyalash orqali aniqlash, shuningdek, bino vibratsiyasining videoga olishlik kabi bosqichlar bor.

Binoning 9-qavatining tomiga o‘rnatiladigan vibro-inertsion moslama 9 ballik sun'iy seysmik tebranishni yuzaga keltirdi. Bu moslama orqali yuk ko‘taruvchi devorlar konstruksiyalari yukining dinamik tebranish tabiati va ularning asosiy xususiyatlari seysmik tebranishlarga bardoshliligini aniqlashga imkon berdi. Hamma sinovlar muvaffaqiyatli natija bermoqda.

Ofis manzili: 100022, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik halka yo‘li, 89A
Zavod manzili: 100083, Toshkent shahri, Bektimir tumani, Ziroat ko‘chasi, 52

Telefon: +998 71 205 00 22
E-mail: info@binokor.uz
Web: binokor.uz
FB: @binokorjbi
Telegram: @binokorjbi

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid