22:25 / 29.10.2018
29340

Odil Ahmedov Rafael Benites qo‘l ostida to‘p tepishi mumkin

«Nyukasl» bosh murabbiyi Rafael Benites faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettirishi mumkin. 

Diario AS xabariga ko‘ra, 58 yoshli ispaniyalik mutaxassis «Shanxay SIPG» klubidan taklif olgan. Xitoyliklar Benitesga yiliga 11 million yevro maosh taklif qilmoqda.

Ayni paytda «Shanxay SIPG» klubini portugaliyalik mutaxassis Vitor Pereyra boshqarmoqda. U mavsum oxirida jamoani tark etishga qaror qilgan. 

Rafael Benitesning «Nyukasl»dagi ishlari yurishmayapti. Jamoa biror marta g‘alaba qozonmasdan, APL jadvalida so‘nggi o‘rinlardan birini egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, «Shanxay SIPG» klubi sharafini hamyurtimiz Odil Ahmedov ham himoya qiladi.

Top